O‘zbekiston prezidentining 17 oktyabrdagi qarori bilan yuridik shaxslar — meva-sabzavot mahsulotlari eksport qiluvchilari meva-sabzavot mahsulotlari eksportini dastlabki to‘lovsiz, akkreditiv ochmasdan, bank kafolatini rasmiylashtirmasdan hamda eksport shartnomasini siyosiy va tijorat xavflaridan sug‘urta polisisiz amalga oshirish huquqiga ega bo‘ldi.
Bunda meva-sabzavot mahsulotlari eksportidan tushumlarni o‘z vaqtida ta’minlamagan eksportchilari meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilishda 100 foizlik oldindan to‘lov olish talablari ularga qo‘llangan holda nohalol meva-sabzavot mahsulotlari eksport qiluvchilar reestriga kiritiladilar.
Tadbirkorlik sub’ektlari ulgurji savdo qilish lisenziyasiga ega bo‘lmasdan meva-sabzavot mahsulotlari eksportini amalga oshirish huquqiga egadirlar. Bunda yakka tartibdagi tadbirkorlarning meva-sabzavot mahsulotlari eksport tushumlariga yagona soliq to‘lovi to‘lanishini nazarda tutuvchi soliqqa tortish tartibi qo‘llaniladi.
Qaror bilan eksport qilinadigan meva-sabzavot mahsulotlari bojxona ko‘rigidan o‘tkazilmaydi, bojxona qonun hujjatlari buzilishi xavfi belgilari aniqlangan holatlar bundan mustasno. Bunda hujjatlarda mavjud ma’lumotlarning ishonchliligi, shuningdek, tovarlarni O‘zbekiston bojxona chegarasidan noqonuniy olib o‘tish uchun eksport qiluvchi javobgardir.
Hujjat asosida tadbirkorlik sub’ektlari o‘zlariga ajratilgan yer uchastkalarida meva-sabzavot mahsulotlarini bevosita ularni yetishtirish joylarida sug‘orish, tayyorlash va saqlash bo‘yicha infratuzilma ob’ektlari qurish uchun yengil konstruksiyalarni qurish yuzasidan qurilish-montaj ishlarini amalga oshirishlari mumkin.
Meva-sabzavot mahsulotlari eksporti sohasidagi faoliyatni muvofiqlashtirish Tashqi savdo vazirligiga yuklatildi. Shuningdek, vazirlikka salohiyatli hamkorlar izlash, an’anaviy va yangi sotish bozorlariga chiqish uchun imkoniyatlar yaratish, tashqi bozorlarda meva-sabzavot mahsulotlarining narx kon’yunkturasini tizimli asosda o‘rganish hamda asosiy sotish bozorlari bo‘yicha tahlil natijalari va prognozlarini e’lon qilish vazifalari topshirildi.
O‘zbekiston meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qiluvchilar uyushmasini tashkil etish rejalashtirilmoqda.
2019 yil 1 martga qadar Davlat soliq qo‘mitasi va Davlat bojxona qo‘mitasining axborot tizimlari bilan integrasiyalashgan TradeUzbekistan.com elektron savdo maydonchasi ishga tushirilida. Unda meva-sabzavot mahsulotlari yetishtiruvchilar va eksport qiluvchilar, salohiyatli import qiluvchilar, yangi uzilgan, quritilgan hamda qayta ishlangan eksportga yo‘naltirilgan meva-sabzavot mahsulotlari turlari va hajmlari, meva-sabzavot mahsulotlari uchun ko‘chatlar, urug‘lar hamda o‘g‘it yetkazib beruvchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlar aks etadi.
Keyingi yil boshiga qadar Global GAP, Halal va Organic standartlari talablariga muvofiqlikka sertifikatlashtirish bo‘yicha xalqaro tan olingan tashkilotlar bilan hamkorlik o‘rnatish topshirildi. Xalqaro standartlar talablariga muvofiq bo‘lgan organik va boshqa mahsulotlarni yetishtirish rejalashtirilmoqda.
Kelgusi yildan mamlakatning chegara hududlarida meva-sabzavot mahsulotlari eksport qiluvchilari uchun zamonaviy ishlab chiqarish, muhandislik-kommunikasiya, yo‘l-transport, ijtimoiy infratuzilmalar, shuningdek, «yagona darcha» tamoyili asosida zarur hujjatlarni rasmiylashtirish va logistika xizmatlari mavjud bo‘lgan maxsus zonalarni tuziladi.
Bosh prokuraturaga Adliya vazirligi bilan hamkorlikda «O‘zagroeksport» faoliyatini tanqidiy o‘rganib chiqib, uning faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha aniq takliflar kiritish topshirildi.
Manba: zamin.uz
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
2026 йилги жаҳон чемпионатидаги дебютига пухта тайёргарлик кўраётган Ўзбекистон миллий терма жамоаси жаҳон миқёсида ҳам эътибор ва эътироф қозона бошлади.
Тадқиқот муаллифларининг таъкидлашича, уруш бошланганидан кейин ҳарбий хизматдан қочишга уринган ва мамлакатни тарк этаётган эркаклар сони сезиларли даражада ошган.
8 июнь куни футбол бўйича Ўзбекистон миллий терма жамоаси жаҳон чемпионати олдидан сўнгги ўртоқлик учрашувини ўтказади. Рақиб Европанинг етакчи жамоаларидан бири – Нидерландия терма жамоаси бўлади.
Футбол бўйича таҳлилий тадқиқотлар олиб борадиган Football Meets Data компанияси 2026 йилги жаҳон чемпионатида плей-офф босқичига чиқиш эҳтимоли энг паст бўлган ўнта терма жамоа рўйхатини эълон қилди, деб хабар беради Sports.kz.
Шу кунларда ижтимоий тармоқларда дунёнинг айрим мамлакатларида хантавирус инфекцияси тарқалаётгани ҳақида турли хабарлар эълон қилинмоқда. Хўш, у қандай касаллик? Инфекциянинг Ўзбекистонда тарқалиш эҳтимоли борми?
Шунингдек, ўқувчиларнинг ота-оналари «Энг фаол ота», «Жонкуяр она», «Масъулиятли ота-она» каби номинациялар ҳамда «Миннатдорчилик хат»лари билан тақдирланиши белгиланган.
Дастлабки маълумотга кўра, 4 та автомобиль (2 та кобалт, 2 та газ ташишга мўлжалланган автомобиль) ҳамда 2 та ер остидаги ёқилғи сақлаш резервуари ёниб зарарланган.
Фридрих Мерц ва Эммануэль Макрон Европа давлатлари учун мўлжалланган олтинчи авлод қирувчи самолётни биргаликда ишлаб чиқиш лойиҳаси бўйича шартномани имзолай олмаслик ҳақида келишиб олгани хабар қилинди.
Хабар келиб тушиши билан воқеа жойига қутқарув бўлинмалари зудлик билан етиб борган. Айни пайтда портлаш оқибатида келиб чиққан ёнғинни бартараф этиш ишлари олиб борилмоқда.
АҚШнинг Касалликларни назорат қилиш ва олдини олиш марказлари (CDC) таҳлилчилари томонидан тайёрланган моделларга кўра, Марказий Африкадаги Эбола эпидемияси 2014 йилдаги рекорд даражадаги эпидемия кўламига етиши ёки ҳатто ундан ошиб кетиши мумкин.
Қўшма Штатлар Қуролли Кучлари ярим асрдан кўпроқ вақт ичида биринчи марта ҳарбий қатлларни амалга оширишни режалаштирмоқда. Бу ҳақда ABC телеканали ички армия ҳужжатига таяниб хабар берди.
Ливан Соғлиқни сақлаш вазирлиги маълумотига кўра, 2 мартдан буён Исроил ҳужумлари натижасида ҳалок бўлганлар сони 3593 нафарга етган. Шунингдек, қарийб 11 минг киши турли даражада жароҳат олган.
Жорий йилнинг январ–май ойларида ҳуқуқ-тартибот органларининг тезкор бўлинмалари ҳамкорлигида уюшган наркожиноятчилик ҳамда уюшган жиноий гуруҳлар фаолиятига қарши комплекс тезкор тадбирлар амалга оширилди.
CNN маълумотига кўра, Эрон билан қуролли тўқнашувлар давомида Исроил махсус операциялар бўлинмалари ва разведка ходимларини, жумладан «Моссад» агентларини Озарбайжон ҳудудига махфий равишда жойлаштирган.