"Metan" 3 800 so‘mga ko‘tarildi(mi)? Rasmiy munosabat bildirildi

"Metan" 3 800 so‘mga ko‘tarildi(mi)? Rasmiy munosabat bildirildi

Rasmiy munosabat: «metan zapravka»larda sotilayotgan tabiiy gazning 3 350 so‘mdan oshmasligi ta’minlanmoqda

Bugun ijtimoiy tarmoqlarda «metan zapravka»larda gaz narxi 3 800 so‘mga ko‘tarilgani haqida xabarlar e’lon qilindi.

Ushbu holat Energetika vazirligi huzuridagi «O‘zenergoinspeksiya» tomonidan zudlik bilan o‘rganildi.

Ma’lum bo‘lishicha, bu holat Farg‘ona shahridagi avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchasida kuzatilganligi aniqlangan.

«O‘zenergoinspeksiya»ning Farg‘ona viloyat hududiy boshqarmasi xodimlari tomonidan ushbu AGTKSh mas’ullariga tushuntirish ishlari o‘tkazildi va «metan» gazning 3 350 so‘mdan sotilishi ta’minlandi.

Bugun, shuningdek, Surxondaryo va Andijon viloyatlarida ikkita AGTKShda shunday holat kuzatilgan bo‘lib, ular ham «O‘zenergoinspeksiya»ning hududiy boshqarmalari tomonidan bartaraf etilgan.

Eslatib o‘tamiz, Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 30 martdagi 173-sonli qarori bilan avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalarida tabiiy gazni sotishda uning eng baland chakana narxi 2024 yil 1 iyungacha bir kub metr uchun 3 350 so‘m qilib belgilangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!