Messi o‘ziga yangi klub tanladi

"PSJ" hujumchisi Lionel Messi faoliyatini qayerda davom ettirmoqchi ekanligi ma’lum bo‘ldi. Yozda 35 yoshli argentinalik futbolchining parijliklar bilan shartnomasi tugaydi va u boshqa jamoaga tekinga o‘tishi mumkin.
Footmercato xabariga ko‘ra, “Barselona” Messining faoliyatini davom ettirish uchun ustuvor variant hisoblanadi. “Oltin to‘p”ning yetti karra g‘olibi “ko‘k-anorranglilar” prezidenti Joan Laportaning taklifini ko‘rib chiqishga tayyor.
Shu bilan birga, Lionel bilan shartnoma imzolash uchun "Barselona" maosh fondini jiddiy qisqartirishi kerak.
Messi kataloniyaliklar tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2005 yildan 2021 yilgacha asosiy jamoada o‘ynagan.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)