Messi: “Ronaldu? U menga raqobatchi bo‘lolmaydi”

Messi: “Ronaldu? U menga raqobatchi bo‘lolmaydi”

“Barselona” hujumchisi Lionel Messi Ronaldu bilan dunyoning eng yaxshi futbolchisi bo‘lish uchun raqobat qilishi haqida fikr bildirdi.

“Men hech qachon futbol tarixida birinchi bo‘lish uchun kurashmaganman. Aslida, birinchi bo‘lamanmi, ikkinchi bo‘lamanmi yoki uchinchimi, to‘rtinchimi, menga farqi yo‘q.

Har yili mavsum boshlanganida har doim maydonga tushishni, yaxshi o‘yin ko‘rsatishni, jamoadoshlarim bilan birga barcha sovrinlarni qo‘lga kiritishni o‘ylayman. Tarixda eng yaxshi bo‘lish hech narsani anglatmaydi. Shu bois Ronaldu ham menga raqobatchi bo‘lolmaydi. Men hech kim bilan raqobat qilmayman. Shunchaki har yili yanada kuchliroq o‘ynashni va ko‘proq sovrin qo‘lga kiritishni istayman”, dedi Messi.

Manba: bombardir


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!