Messi «Real»da Ronalduning o‘rnini bosishi mumkin bo‘lgan yagona futbolchi, ammo...

A A A
Messi «Real»da Ronalduning o‘rnini bosishi mumkin bo‘lgan yagona futbolchi, ammo...

«Real» prezidenti Florentino Peres Krishtianu Ronaldu ketganidan keyin jamoaga yangi hujumkor futbolchi kerak ekanini ta’kidlagandi. «Soccer.ru» sayti Madrid jamoasiga qaysi futbolchilar foyda keltirishi mumkinligi haqidagi maqolani chop etdi.

Ronalduning transferi kutilmagan bo‘ldi. «Real»ning siyosati o‘zgardimi yoki Florentino Peresning qarashlarimi? Boisi, shu paytgacha Madrid klubi yulduz futbolchilarni tarkibga jalb qilish bilan shug‘ullangandi. Figu, Zidan, Ronaldo, Kaka va Krishtianularning transferlari fikrimizning isboti. Peres yulduz futbolchilardan qachonki ularning foydasi tegmay qolganida yoki jamoada boshqa yetakchi paydo bo‘la boshlaganidagina voz kechgan. Bu safar esa hammasi boshqacha. Ronaldu hamon eng kuchli futbolchilardan biri, hamon gollar urmoqda, qolaversa, «qirollik klubi» tarkibida uning o‘rnini bosa oladigan futbolchi hali yo‘q edi. Shu holatda Peres portugaliyalik yulduzni ikkilanmay sotib yubordi.

Bundan tashqari, «Real» prezidenti birinchi bor yozgi transferda yirik xaridni amalga oshirmadi. Pogba, Neymar va Mbappelarning xarid qilinishi mumkinligi borasida gap-so‘zlar tarqaldi, biroq yakunda Peres hech kimni sotib olmadi. Ehtimol, bundan buyon rejalar o‘zgarar?..

Robert Levandovski («Bavariya»; Polsha)

Levandovski butun boshli karyerasini Bundesligada o‘tkazmoqchi emas, Peres esa bir necha yil oldin unga shartnoma taklif qilgandi. Sababi, Chempionlar ligasining avvalgi mavsumlaridan birida Levandovski «Borussiya» safida o‘ynab, «Real» darvozasiga naq 4 ta gol kiritgan, o‘shandan buyon Peresning qalbida polshalik hujumchiga nisbatan «muhabbat» paydo bo‘lgandi. Shu bilan birga Ronaldu chap qanot hujumida o‘ynaydi. «Real» esa Raul, Ronaldo va van Nistelroy ketganidan keyin markaziy hujumchiga yolchimay kelyapti. To‘g‘ri, Levandovski mundialda yaxshi ishtirok eta olmadi, ammo bu uning iqtidorli futbolchi ekanligiga soya sola olmaydi.

Mauro Ikardi («Inter»; Argentina)

Ikardi jahon chempionatida umuman ishtirok etmadi va bu bevosita Argentina terma jamoasi yetakchisi Lionel Messi bilan bog‘liq. Messi Ikardining mundialda ishtirok etishini istamadi va yakunda chindan ham shunday bo‘ldi. Ammo Messi Ikardining La Ligada o‘ynashiga to‘sqinlik qila olmaydi. Umuman, Mauroning «Real»da to‘p surishiga hech qanday to‘siq yo‘q, agar Peres uni sotib olishga jiddiy qaror qilsa, Ikardi shu zahoti «Real» libosini kiyadi. Biroq ayni damda «qirollik klubi» Ikardiga asosiy emas, zaxira variant sifatida qaramoqda.

Paulo Dibala («Yuventus»; Argentina)

Dibala — yosh va iqtidorli futbolchi. U «Yuventus»da butun boshli tizimning bir qismi. «Real»da esa u shaxsiy sifatlarini ko‘rsatish va superyulduzga aylanish imkoniga ega. Biroq ayni damda Krishtianu Ronalduning «Yuventus»ga o‘tgani Dibalani Turinda qolishga undashi mumkin. Chunki futbolchining ko‘nglida jamoasining imkoniyatiga bo‘lgan ishonch ortgan bo‘lishi ehtimoldan holi emas. Ammo hammasi Peresga bog‘liq, agar u Ronalduning sotilgani evaziga «Yuventus»dan Dibalani transferga qo‘yishni so‘rasa, vaziyat o‘zgaradi.

Eden Azar («Chelsi»; Belgiya)

Azarning «Real»ga o‘tishi mumkinligida hech qanday muammo yo‘q. Bu borada hammasi «Real»ning qo‘lida. Peres «Chelsi» rahbariyati bilan bafurja gaplashib olsa, olam guliston. Shuningdek, Florentino Peres «Real»ga aynan Azar kerakligiga ishonmoqda.

Antuan Grizmann («Atletiko»; Fransiya)

Imkonsiz. Hech qanday yo‘li yo‘q! To‘g‘ri, bu futbolchi «Real» uchun juda mos. Ammo unutmaslik kerakki, Grizmann yaqinda «Barselona» taklifini rad etdi. Boshqa jamoaga o‘tmoqchi bo‘lgani uchun emas, shunchaki u Madridda hamma narsadan mamnun, «matraschilar» rahbariyati va muxlislari uni qadrlashadi. Qolaversa, Antuan o‘ta adolatli va samimiy inson. Sadoqatli futbolchi. Shundan kelib chiqib Grizmanning «Real»ga o‘tishini imkonsiz ish deyish mumkin. Ammo...

Xarri Keyn («Tottenxem»; Angliya)

«Real»ning hujum chizig‘ini kuchaytirishi mumkin bo‘lgan futbolchi aynan Keyndir. Chunki u ayni damda Levandovski kabi hujumchilardan ham va tabiiyki Benzemadan ham yaxshi harakat qilmoqda. Bundan tashqari, Beyl bilan Keynning maydondagi hamkorligi ajoyib kechadi: bir tilda suhbatlashadigan ikkita futbolchi maydonda fikrlarini bir-biriga bemalol yetakaza oladi, masalan, Beyl maydondagi holatini o‘zgartirishni istab qolsa, buni Keyn bilan juda yaxshi uddalaydi. Garchi «Tottenxem» rahbariyati Keynning sotilmasligini ta’kidalagan bo‘lsa-da, Peres «shporlar»dan futbolchi sotib olish bo‘yicha yaxshi tajribaga ega — Beyl 5 yil, Modrich esa 6 yildan beri Madridda.

Muhammad Saloh («Liverpul»; Yegipet)

Misrlik futbolchi o‘tgan mavsumda APLga keldi va aql bovar qilmas natijalarni ko‘rsatdi, iqtidori qay darajada ekanini namoyon qildi. U bu iqtidori bilan tezlik va raqobat kamroq bo‘lgan Ispaniyada APLdagidan ko‘proq gol urishi mumkin. Ammo shuni ham ta’kidlash kerakki, Muhammad Saloh 25 yoshida juda tez yulduzga aylandi. Ehtimol, bu vaqtinchalik holatdir, yana kim bilsin?

Kilian Mbappe (PSJ; Fransiya)

19 yoshli futbolchi jahon chempioniga aylanib ulgurdi. Qolaversa, Mbappeda yaqin vaqt ichida dunyo futboli yulduziga aylanish imkoni mavjud. Tabiiyki, «Real» ham Mbappeni sotib olishni istaydi. Ammo fransiyalik yosh iqtidor egasi «PSJ»dan hech qayerga ketmasligini ta’kidladi. Parij klubi esa uning sotilishiga kichkinagina bo‘lsa ham imkon qoldirmasligini ma’lum qildi. «Pari Sen-Jermen» tushunib turibdi, bunday olmosni hech qanday katta pulga ham sotib bo‘lmaydi.

Neymar (PSJ; Braziliya)

Neymar — «PSJ» sotishni istamayotgan, ammo «Real» jiddiy qiziqayotgan yana bir futbolchi. Braziliyalik charm to‘p ustasi «Barselona»dan dahshatli summa evaziga ketgach, yana Ispaniyaga qaytishni xohlab qoldi, faqat bu safar «Real» safiga. Ammo o‘shanda «PSJ» Neymarni sotmagandi. Ammo endi vaziyat boshqacha. Agar Parij klubi jamoa o‘yinini Kilian Mbappe atrofida qurishni afzal ko‘rsa, xarakteri juda og‘ir bo‘lgan Neymardan qutulish haqida o‘ylab qolishi mumkin.

Lionel Messi («Barselona»; Argentina)

Chin ma’noda Lionel Messi bugun Ronalduning o‘rnini bosishi mumkin bo‘lgan yagona futbolchi. Messi ayni shu jihat tufayli ham mazkur ro‘yxatga kiritildi. Biroq futbolda hamma narsa bo‘lishi mumkin. Messining tovon puli 700 mln yevro, deysizmi? Unutmang, yaqin-yaqingacha Ronalduning tovon puli 1 milliard yevro edi, ammo uni «Real» 100 mln yevrodan oshiqroq summaga sotib yubordi. Ko‘ramiz, yana nimalar bo‘larkin?

Manba: soccer.ru


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Tehronda Oliy rahbar vafoti munosabati bilan katta motam marosimi bo‘lib o‘tmoqda

Мотам санаси Эрон ва АҚШ ўртасида икки ҳафталик сулҳ бошланиши билан бир вақтга тўғри келди.

Javohir Sindarov va ijtimoiy tarmoqlarni portlatgan surat

Бу лавҳа ҳар икки давлат фойдаланувчилари ўртасида қизғин муҳокамаларга сабаб бўлди.

Tadbirkor prezidentdan 2–3 tonna oltin so‘radi va....

У мамлакат олтин захираси 52 тоннадан ошганини эслатиб, бизнесни оёққа турғизиш учун Ўшга 2–3 тонна олтин ажратишни сўради.

Italiya JCH-2026 ishtirokchilari qatoriga qo‘shilishi mumkin

Италия миллий терма жамоаси назарий жиҳатдан 2026 йилги жаҳон чемпионатида иштирок этиши мумкин.

Gari Nevill - Abduqodir Husanov haqida: «Hech qachon bunaqasini ko‘rmaganman»

Англиялик машҳур собиқ қанот ҳимоячиси, ҳозирда телеэксперт Гари Невилл "Манчестер Сити"нинг ўзбекистонлик марказий ҳимоячиси Абдуқодир Ҳусановни мақтади.

Eronning «ishtihasi» ortib bormoqda

Эрон ўзининг тинчлик келишуви лойиҳасини эълон қилди.

Shimoliy Koreya Erondan uzoqlashishni boshladi — razvedka

Жанубий Корея томонининг миллий разведка маълумотларига таяниб хабар беришича, Шимолий Корея давом этаётган можаро фонида Эрондан узоқлашишни бошлаган.

2040 yilda 33 ta mamlakat suv tanqisligiga duch keladi

Вазият, айниқса, Яқин Шарқда қийин. Бу ердаги сув хавфсизлиги даражаси дунёдаги энг паст кўрсаткичлардан бири.

Husanov o‘zidan tezkor futbolchi nomini aytdi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси ҳимоячиси Абдуқодир Ҳусанов март ойида «Манчестер Сити»да ойнинг энг яхши футболчиси деб топилди ва мукофот топширилгандан сўнг клуб матбуот хизматига қисқа интервью берди.

Rossiyalik sobiq futbolchi Husanovni yulduz markaziy himoyachilardan ustun qo‘ydi

Собиқ футболчи Владислав Радимов "Манчестер Сити" ҳамда Ўзбекистон терма жамоаси ҳимоячиси Абдуқодир Ҳусанов ҳақида ўз фикрларини билдирди.

Eronda bir baqqol do‘koni oynasida shunday yozuv ilgan:

«Бу хаёлий маҳсулот эмас. Агар эҳтиёжинг бўлса, ол — урушдан кейин тўлайсан.»

Eronda 19 yoshli sportchi dorga osib qatl etildi

19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.

Erling Xoland o‘ziga yangi jamoa tanladi

Бу ҳақда Football365 портали журналистлари хабар бермоқда.

Eron musulmon davlatlariga chaqiriq bilan chiqdi

Эрон Олий Миллий Хавфсизлик Кенгаши котиби Али Ларижоний АҚШ ва Исроил ҳужуми бошланганидан бери ҳеч бир мусулмон давлати Эронга ёрдам бермаганини айтди.

Millioner! Husanov “Siti”da jami qancha maosh oladi?

Франциянинг L’Équipe спорт нашри Англия Премьер-лигасидаги энг юқори маош олувчи 5 нафар футболчидан иборат рейтингни эълон қилди.

"Chelsi"ga qarshi Abduqodir Husanovning o‘yini qanday baholandi? (Foto)

Англия чемпионати 32-турида "Манчестер Сити" "Челси" майдонида 3:0 ҳисобида йирик ғалабани расмийлаштирди.

Uganda prezidentining o‘g‘li Turkiyadan 1 mlrd dollar va “mamlakatning eng go‘zal ayoli”ni berishni talab qildi

Уганда Қуролли кучлари Бош штаби раҳбари ҳисобланувчи Муҳузи Кайнеругаба Анқара Сомалидаги ҳарбий амалиётидан фойда кўрганини ва бунинг учун товон тўлаши кераклигини маълум қилди.

Eron Harbiy-dengiz kuchlari AQSh esmineslarini Ho‘rmuz bo‘g‘ozidan chiqarib yubordi

АҚШ Ҳарбий-денгиз кучларининг иккита эсминеци Ҳўрмуз бўғози орқали ўтишга уриниш пайтида деярли йўқ қилиниш хавфи остида қолди, деб хабар бермоқда Press TV.

Isroil Ispaniya diplomatiga Netanyahuning qo‘g‘irchog‘i portlatilgani uchun e’tiroz bildirdi

​Исроил ТИВ бунда Испания Бош вазири Педро Санчесни "иғвогарликда" айбламоқда.

«Men Eronni bir kunda, hatto bir soatda yo‘q qilib yuborishim mumkin edi, lekin xohlamayman», — Tramp

Бошқа баёнотлар: — Улар музокараларга қайтиб келиб, биз истаган ҳамма нарсани беради, деб ўйлайман. Мен ҳаммасини хоҳлайман. Менга 90% ҳам, 95% ҳам керак эмас. Мен ҳаммасини хоҳлайман;

Bo‘stonliqda noqonuniy chiqindixona yuzasidan tezkor tekshiruv o‘tkazildi

Тошкент вилоятининг Бўстонлиқ тумани “Янги ҳаёт” МФЙ ҳудудида ноқонуний чиқиндихона юзага келгани акс этган видеоматериаллар ижтимоий тармоқларда тарқалди.

Tramp Xitoyni Eronga qurol yetkazsa, 50 foizlik boj bilan tahdid qildi

У бу ҳақда Fox Newsга берган интервьюсида маълум қилди.

Nigeriyada bozorga berilgan aviahujumda kamida 200 kishi halok bo‘ldi

Бу ҳақда Reuters хабар берди.

Peskov: Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi hududiy bahslar bir necha kilometr bilan cheklangan

Дмитрий Песковнинг айтишича, Россия ва Украина ўртасидаги ҳудудий келишмовчиликлар “атиги бир неча километр” доирасида жамланган.

Dunyo yangi jahon urushi davriga kirmoqda — The New York Times

Давлат раҳбарлари тобора ҳарбий кучни асосий таъсир воситаси сифатида қўлламоқда, маҳаллий можаролар эса бир-бирига тўғридан-тўғри таъсир ўтказа бошлаган.

Farg‘onada fuqarolar nomiga 1 mlrd so‘mdan ortiq onlayn kredit rasmiylashtirgan firibgar qo‘lga olindi

ИИБга мурожаат қилганлардан яна бири номаълум шахс томонидан номига 105 миллион 780 минг сўмлик ипотека кредити расмийлаштириб олинганини билдирган.

Livandagi havo hujumlari oqibatida halok bo‘lganlar soni 2000 nafardan oshdi

Бу ҳақда Ливан Соғлиқни сақлаш вазирлиги маълум қилди.

Oq uy Eron va AQSh o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar olib borilayotganini tasdiqladi

Бу ҳақда АҚШ вице-президенти Жей Ди Вэнс матбуот анжуманида айтиб ўтди.

Uganda Isroilni qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi

Уганда армияси раҳбари Мухоози Кайнеругаба Исроилни қўллаб-қувватлаш учун 100 минггача аскар юборишга тайёрлигини маълум қилди.

AQSh Eronga hujum qarori uchun tovon to‘lamoqda

АҚШ армиясининг истеъфодаги подполковниги Дэниел Дэвис фикрича, Вашингтон Эронга қарши ҳужум оқибатларини энди ҳис қилмоқда.

Isroilning Livanga havo hujumida 13 xavfsizlik xodimi halok bo‘ldi

Бу ҳақда Reutersга таяниб Ливан президенти Жозеф Аун маълум қилди.

Tramp: AQSh Eron bilan kelishuv buzilsa, eng ilg‘or qurollardan foydalanishga tayyor

Бу ҳақда у New York Postга берган интервьюсида айтган.

Livanda Isroil hujumlari qurbonlari soni e’lon qilindi

Ливанда Исроил ҳужумлари сабаб 1500 нафардан ошиқ киши ҳалок бўлди.

Tramp Eron siyosati bo‘yicha kelishmovchiliklar fonida razvedka rahbari Tulsi Gabbardni ishdan bo‘shatmoqchi bo‘lgan

Трамп Габбарднинг Конгрессдаги чиқишидан норози бўлган, чунки у ҳарбий сиёсатни тўлиқ қўллаб-қувватламаган деб ҳисобланган.

Rossiyada mudofaa vaziri sobiq o‘rinbosari 19 yilga qamaldi

Россияда мудофаа вазири собиқ ўринбосари Павел Попов 19 йилга озодликдан маҳрум қилинди.

23 ta dorixonaning lisenziyasi bekor qilindi

2026 йил I-чорагида Фармацевтика фаолиятини лицензиялаш ва фарминспекция бошқармаси томонидан талабларни қўпол равишда бузган 23 та дорихонанинг лицензияси бекор қилинди.

“Olmaliq kon-metallurgiya kombinati”ga 48 mlrd so‘m qo‘shimcha kompensasiya belgilandi

Экология ва иқлим ўзгариши миллий қўмитаси Давлат экологик назорат инспекцияси (Экополиция) томонидан Тошкент вилояти ҳудудида навбатдаги экологик назорат рейд тадбирлари ўтказилди.

ChatGPT va OpenAIni Florida universitetidagi otishma uchun qurbon bo‘lganlar oilasi sudga bermoqchi

Бу ҳақда The Times ва бошқа халқаро нашрлар хабар қилмоқда.

Netanyahu Livan bilan darhol muzokara boshlashni buyurdi

Бу ҳақда The Times of Israel хабар берди.

Harbiy jinoyat: 250 nafar odam qirib tashlandi

АҚШ ва Эрон ўртасида 45 кунлик ўт очишни тўхтатиш бўйича келишувга эришилганидан кўп ўтмай, Ливан ҳудудидаги вазият яна кескинлашди.