Messi “Barselona”ni qattiq tanqid qildi

Messi “Barselona”ni qattiq tanqid qildi

“Barselona” yetakchisi Lionel Messi jurnalistlarning savollariga javoban o‘z klubini tanqid qildi. Hujumchi ayni damda klubning siyosatini ma’qullamadi. Argentinalik futbolchining fikricha, klub rahbariyatining siyosati umuman qoniqarsiz.

“Barselona” rahbariyatining aybi shundaki, ular klub akademiyasi bilan aloqani uzib qo‘yishgan. Asosiy tarkibga La Masiyadan futbolchi olinmay qo‘yganiga ancha bo‘ldi. Akademiyadan chiqqan kuchli futbolchilar esa ketib qolishyapti. Bu “Barselona”dek buyuk klub uchun yaxshi holat emas”, dedi Messi.

Ma’lumot uchun, Leoning o‘zi ham La Masiya tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!