«Mening yurtim» telekanali raddiya berdi: "Fitna" — tomoshabinga xiyonat emas (foto)

A A A
«Mening yurtim» telekanali raddiya berdi: "Fitna" — tomoshabinga xiyonat emas (foto)

«Mening yurtim» telekanali «Kun.uz» saytida e’lon qilingan tanqidiy maqolaga munosabat bildirdi.
Shubhasiz, ayol obrazi dunyo adabiyotida muhim o‘rin tutadi. Kino san’atini esa ayol obrazisiz tasavvur qilish qiyin. Shunday ekan muallif Xurshid Daliyevning «Milliy serial brendi bilan «milliy xiyonat» targ‘ibotiga «start» berildimi?» sarlavhasiga biz yo‘q deb javob beramiz. Aslo milliy serial brendi asosida hech qanday xiyonat targ‘ib qilinmayapti.
Kino san’atida xiyonat mavzusi bugun paydo bo‘lgani yo‘q. Hayotni aks ettirishni maqsad qilgan har bir ijodkor o‘z asarida hayotda uchraydigan muhabbat, xiyonat, sadoqat, vafo mavzularida ijod qiladi. Bugungi kunda barcha telekanallar turk seriallarni namoyish etib, bizning mentalitetga zid madaniyatni tomoshabin ongiga singdiryapti. Bu seriallarda erini senlaydigan, ota-onasiga hurmat-ehtirom ko‘rsatmaydigan qahramonlar to‘lib toshib yotibdi. “Mening yurtim” telekanali bu kanallardan farqli o‘laroq bugungi kunimiz hayoti va muammolari aks etgan serialga murojaat qildi. Unda esa aynan o‘zbek jamiyatidagi oilalar va ularning hayotiga ko‘zgu tutilgan xolos. Zero, donishmand xalqimizda odobni odobsizdan o‘rgan, degan hikmat ham bor bu yerda. Axir hayot tekis bir yo‘l, bir qolipda kechadigan jarayon emaski, uni bo‘yab, xaspo‘shlab, ziddiyatlarsiz qilib aks ettirsak.
O‘z nomi bilan “Fitna” serialida aynan muallif qayta-qayta ta’kidlab o‘tgan ayol xiyonati fosh etilgan. O‘qituvchi bo‘ladimi, sotuvchimi yoki sartarosh, oilasiga, turmush o‘rtog‘iga, farzandlariga xiyonat qilgan ayol oxir-oqibatda xor bo‘ladi. Xiyonat o‘z nomi bilan xiyonat. Kasbi va ijtimoiy kelib chiqishidan qat’i nazar, salbiy qahramon xiyonat qilar ekan badiiy asar yoki kinoda ochiq tasvirlanadi. “Fitna” serialida behayo sahnalar, beadab gaplar yo‘q. Ustiga ustak kundalik hayotimizda ro‘y berayotgan voqealar ham kiritib borilyapti. Bugun oshkoralik zamoni, muammolarni ochiq-oydin ko‘rsatmasak kim ko‘rsatadi? Bizga faqat do‘ppi kiygan o‘zbek qizining namunali hayoti ko‘rsatilgan silliq seriallar kerakmi faqat? Bu serial o‘ziga xos dinamikasi bilan boshqa seriallardan ajralib uzundan uzoq voqealar chaynalmaydi. Serial ijodkorlarining maqsadi muallif nazarda tutgandek o‘zbek ayolini tahqirlash emas, balki jamiyatda uchraydigan yovuz illatlarni aks ettirish orqali tomoshabinni mushohada qilishga undashdan iborat.
Rejissyor Dilshod Ahmedov bu xiyonat mavzusini “ixtiro” qilmagan. “Fitna” seriali yozuvchi Jamila Ergashevaning “Qir ustidagi ayol” qissasi asosida suratga olingan. Shunday ekan serialning O‘zbekiston Yozuvchilar Uyushmasi ruxsati bilan chop etilgan asarga asoslanishining o‘zi Xurshid Daliyevning “«O‘zbekkino» milliy agentligi nega bu serial ekranga chiqishiga ruxsat berdi? Agentlik badiiy kengashi bu «Fitna»ning ssenariysi va suratga olingan epizodlarning umumiy g‘oyaviy maqsadi bilan tanishib chiqqanmi?” qabilidagi savollariga javob bo‘ladi.
Serialda nafaqat xiyonat mavzusi balki, firibgarlik, odam savdosi, ommaviy madaniyatning salbiy oqibatlari, uyushgan jinoyatchilik, poraxo‘rlik va giyohvandlik kabi illatlar keskin qoralangan. Bu illatlar zamirida hayotda adashgan, qaltis xatoga yo‘l qo‘ygan insonlar taqdiri yotadi. Nozima ana shunday adashgan salbiy qahramonlardan biri. Kelinining xiyonatini o‘g‘lidan yashirmoqchi bo‘lgan qaynonaning xatti-harakatlarini nimaga oqlamaslik kerak? Qaynona ham ona. Nabiralarini yetim qilmaslik, butun oilani saqlab qolishni maqsad qilgan, hayotning achchiq-chuchugini totib ulgurgan ayolga nima e’tirozingiz bor?! Har bir inson qilgan xatosi, gunohi va jinoyati uchun javob beradi. Serialdagi taqdirlar misolida har qanday nojo‘ya harakat va gunohning jazosi muqarrarligi ko‘rsatib berilgan. Serialda bu illatlar oqlanmayapti, aksincha, real taqdirlar, real voqealar orqali qoralanib, fosh etilyapti. Eng muhimi, serial finalida yaxshilik yomonlik ustidan, muhabbat nafrat ustidan, ezgulik esa yovuzlik ustidan g‘olib bo‘ladi va ijobiy yakun topadi.
Rejissyor Dilshod Ahmedov “Fitna” serialiga qadar “To‘qlikka sho‘xlik”, “Qilmish-qidirmish”, “Salom gruppadagilar” filmlari va “Vijdon azobi” seriali orqali tomoshabinlar qalbidan o‘rin egallagan. “Fitna” serialida esa rejissyor yosh ijodkor sifatida jamiyatimizdagi fojiaviy illatlarni aks ettirish orqali ularga qarshi kurashishni maqsad qilgan. Agar biz Dilshod Ahmedov kabi rejissyorlarimizning har bir ijod mahsulini ko‘r-ko‘rona tanqid ostiga olaversak kino san’atimiz qanday taraqqiy etadi? Biz bu ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlamog‘imiz, ularning intilishlariga to‘sqinlik qilmasligimiz kerak. Shu holatdagina xorij seriallariga kunimiz qolmasdan milliy seriallarning ham yaratilishiga imkon bergan bo‘lamiz. Unutmasligimiz kerakki, ijod erkinlikni talab qiladi. Ijodkorga biz buyurtma bera olmaymiz. Agar biz o‘z qoliplarimizdan kelib chiqib, buyurtma berar ekanmiz san’atga va tomoshabinga xiyonat qilgan bo‘lamiz.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Uganda prezidentining o‘g‘li Turkiyadan 1 mlrd dollar va eng go‘zal qizni talab qilmoqda

Уганда президентини ўғли, армия қўмондони Муҳузи Кайнеругаба Туркияга нисбатан баҳсли баёнот билан чиқди.

Tehronda Oliy rahbar vafoti munosabati bilan katta motam marosimi bo‘lib o‘tmoqda

Мотам санаси Эрон ва АҚШ ўртасида икки ҳафталик сулҳ бошланиши билан бир вақтга тўғри келди.

Javohir Sindarov va ijtimoiy tarmoqlarni portlatgan surat

Бу лавҳа ҳар икки давлат фойдаланувчилари ўртасида қизғин муҳокамаларга сабаб бўлди.

Tadbirkor prezidentdan 2–3 tonna oltin so‘radi va....

У мамлакат олтин захираси 52 тоннадан ошганини эслатиб, бизнесни оёққа турғизиш учун Ўшга 2–3 тонна олтин ажратишни сўради.

AQSh Husanovdan hayratda!

АҚШнинг жаҳонга машҳур The New York Times нашри Ўзбекистон миллий терма жамоаси ва “Манчестер Сити” ҳимоячиси Абдуқодир Ҳусанов ҳақида таҳлилий материал эълон қилди.

Ronaldu bo‘ldi, futbolni tugat!

Швециялик собиқ футболчи Андерс Лимпар Криштиану Роналдуга карьерасини якунлашни маслаҳат берди.

Italiya JCH-2026 ishtirokchilari qatoriga qo‘shilishi mumkin

Италия миллий терма жамоаси назарий жиҳатдан 2026 йилги жаҳон чемпионатида иштирок этиши мумкин.

2040 yilda 33 ta mamlakat suv tanqisligiga duch keladi

Вазият, айниқса, Яқин Шарқда қийин. Бу ердаги сув хавфсизлиги даражаси дунёдаги энг паст кўрсаткичлардан бири.

Abduqodir Husanovning muvaffaqiyatlari ortidan Qozog‘iston futboli tanqid qilindi

Қўшни давлатларда аллақачон жаҳон даражасига чиққан футбол юлдузлари етишиб чиқаётган бир пайтда, Қозоғистон футболи ҳамон Дастан Сатпаевнинг келажакдаги муваффақиятига умид қилиб яшамоқда.

"Chelsi"ga qarshi Abduqodir Husanovning o‘yini qanday baholandi? (Foto)

Англия чемпионати 32-турида "Манчестер Сити" "Челси" майдонида 3:0 ҳисобида йирик ғалабани расмийлаштирди.

Eronda bir baqqol do‘koni oynasida shunday yozuv ilgan:

«Бу хаёлий маҳсулот эмас. Агар эҳтиёжинг бўлса, ол — урушдан кейин тўлайсан.»

Eronda 19 yoshli sportchi dorga osib qatl etildi

19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.

Erling Xoland o‘ziga yangi jamoa tanladi

Бу ҳақда Football365 портали журналистлари хабар бермоқда.

Eron musulmon davlatlariga chaqiriq bilan chiqdi

Эрон Олий Миллий Хавфсизлик Кенгаши котиби Али Ларижоний АҚШ ва Исроил ҳужуми бошланганидан бери ҳеч бир мусулмон давлати Эронга ёрдам бермаганини айтди.

Millioner! Husanov “Siti”da jami qancha maosh oladi?

Франциянинг L’Équipe спорт нашри Англия Премьер-лигасидаги энг юқори маош олувчи 5 нафар футболчидан иборат рейтингни эълон қилди.

“Real” yulduzlarni jilovlaydigan murabbiy topdi

“Реал” раҳбарияти жамоага бош мураббий сифатида Дидье Дешамни таклиф қилишга тайёргарлик кўраётгани хабар қилинган эди.

Bo‘g‘ozni yopgandan ko‘ra Eronga boj to‘lagan afzal

Ҳормуз бўғозини бутунлай ёпишдан кўра, кемалар учун божлар жорий қилиш мақбул, деди Франциянинг энг йирик нефт компанияси Total бош директори Le Figaro газетасига.

AQSh qamaliga qaramay, Ho‘rmuz bo‘g‘ozi orqali 20 dan ortiq kema o‘tib ketdi

Бу ҳақда The Wall Street Journal нашри ёзмоқда.

Trampdan yana bir tanqid

Ватикан эса ўз навбатида Трампнинг Эрон цивилизациясини йўқ қилиш ҳақидаги таҳдидларини қабул қилиб бўлмас деб баҳолади.

AQSh harbiylari Tinch okeanidagi kemaga zarba berdi

Бу ҳақда АҚШ Жанубий қўмондонлиги (SOUTHCOM) ижтимоий тармоқларда эълон қилди.

Turkiyadagi yana bir maktabda otishma sodir etildi: qurbonlar bor

Ҳодиса Онкишубат туманидаги мактабда содир бўлган. Оқибатда ҳудудга кўплаб полиция кучлари жалб этилди.

Turizm qo‘mitasiga yangi matbuot kotibi tayinlandi

Шаҳбоз Саидханов Ўзбекистон Республикаси Президенти Администрацияси ҳузуридаги Оммавий ахборот воситалари учун контент тайёрлаш маркази хулосасига асосан Ўзбекистон Республикаси Туризм қўмитаси раисининг ахборот сиёсати бўйича маслаҳатчиси — ахборот хизмати раҳбари, “Миллий PR-маркази” директори лавозимига тайинланди.

2025 yilda dunyo muzliklarida 408 gigatonna muz erib ketdi

Энг катта музлик йўқотилиши 2023 йилда қайд этилган — 555 гигатон. Аксинча, 1983 йилда муз массасининг рекорд даражадаги ўсиши 115 гигатонни ташкил этди.

Sport ozuqasi kapsulalari ichida "jon saqlagan" sintetik narkotiklar fosh bo‘ldi

Мазкур гиёҳвандлик воситаларининг қора бозорида чакана нархи 350 минг доллларгача етади!

Toshkentda metro poyezdi vagoni eshigi ochiq holda harakatlandi​​​​​​​

Машинист эса эшик ёмилмаса-да, ҳаракатни давом эттирган. Кейинги бекатда поезд тўхтатилган ва йўловчилар туширилиб, ҳаракат таркиби техник кўрик йўлагига олиб кетилган.

35 dollar evaziga bojxonadan olib o‘tilayotgan sumkadan sintetik narkotiklar topildi!

“Тошкент-Аэро” ИБК тезкор тузилмалари ва Давлат хавфсизлик хизмати ходимлари билан ҳамкорликда аниқланган навбатдаги ҳолатнинг “қаҳрамон”и бир қарашда айбсиз айбдордек туюлади.

DXX xorijiy raqamlardan bo‘layotgan shubhali qo‘ng‘iroqlardan ogohlantirdi

Улар қўнғироқни интернет орқали юбориб, рақамни аввалдан сохталаштириб қўйганликлари боис, мобил компаниялар тизимида бу қўнғироқни ким ва қаердан амалга оширганини аниқлаш мушкул.

Sirdaryo viloyati sudyasi 3600 dollar pora bilan ushlandi

Судя тезкор тадбирда ашёвий далил билан қўлга тушган.

Ohangaron tog‘larida yo‘qolib qolgan 4 yoshli bola tirik topildi

Қидирув-қутқарув ишлари 6,5 соатдан ортиқ давом этган.

Dunyoga «dahshatli darajada» ish o‘rni yetishmovchiligi xavf solmoqda

Бу ҳақда Reuters хабар берди.

Kreml Vengriya muxolifati rahbarini tabriklashdan bosh tortdi

Бу ҳақда Россия президенти матбуот котиби Дмитрий Песков маълум қилди.

G‘azo qayta tiklanadimi yoki u yerda yangi, yanada yirikroq harbiy amaliyotlar boshlanadimi?

Трампнинг “тинчлик режаси” 1 млрд доллар ҳам йиға олмади.

Qonli xato: Nigeriyada bozorga hujum sabab 200 kishi halok bo‘ldi

Нигериядаги бозорга ҳужум оқибатида 200 киши ҳалок бўлди.

Akmal Shukurov ishi: Qamalgan sobiq sudyalar garov evaziga ozodlikka chiqdi

Ўз навбатида, Тошкент шаҳар суди раисининг собиқ ўринбосари Муроджон Мирзажоновга нисбатан қўлланилган қамоқ эҳтиёт чораси узайтирилган.

DXX qonundan ustun bo‘lishga uringan inspektorni qo‘lga oldi

Хусусан, у Тошкент шаҳрида яшовчи, 1995 й.т. фуқарога тегишли 7 турдаги, жами 187 дона қадоқда бўлган минерал ўғит маҳсулотларини “Навоий” чегара божхона пости орқали ўтказиб берганлиги эвазига 20 млн сўм талаб қилган.

Toshkent aeroportida chet ellik yo‘lovchi 6,3 kg marixuana bilan qo‘lga olindi

Йўловчининг қўл юки ва багажи кўздан кечирилганда, турли қадоқлар ичига яширилган 12 та полиэтилен ўрам аниқланган.

Bo‘stonliqda noqonuniy chiqindixona yuzasidan tezkor tekshiruv o‘tkazildi

Тошкент вилоятининг Бўстонлиқ тумани “Янги ҳаёт” МФЙ ҳудудида ноқонуний чиқиндихона юзага келгани акс этган видеоматериаллар ижтимоий тармоқларда тарқалди.

Tramp Xitoyni Eronga qurol yetkazsa, 50 foizlik boj bilan tahdid qildi

У бу ҳақда Fox Newsга берган интервьюсида маълум қилди.

Nigeriyada bozorga berilgan aviahujumda kamida 200 kishi halok bo‘ldi

Бу ҳақда Reuters хабар берди.

Peskov: Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi hududiy bahslar bir necha kilometr bilan cheklangan

Дмитрий Песковнинг айтишича, Россия ва Украина ўртасидаги ҳудудий келишмовчиликлар “атиги бир неча километр” доирасида жамланган.