Men Putindan mamnun emasman...
Men Putindan mamnun emasman, chunki u “juda ko‘p odamlarning” o‘limiga sabab bo‘lmoqda — Donald Tramp.
AQSh prezidenti yana bir bor Ukraina urushini Baydendan “meros qilib olganini” ta’kidladi. Shu bilan birga, Tramp tinchlik muzokaralarida ilgarilash borligini aytdi.
Donald Trampning boshqa bayonotlari:
◾️ Putin bilan Maduro masalasida hech qachon gaplashmaganman. Venesueladagi operasiya sababli AQSh va Rossiya o‘rtasida jiddiy muammolar bo‘lishini kutmayapman;
◾️ Men Rossiya–Ukraina urushini “eng oson hal bo‘ladigan mojaro” deb o‘ylagandim, ammo hozircha unga barham bera olmadim;
◾️ AQSh Ukraina mojarosida pul yo‘qotmayapti, balki undan daromad ko‘rmoqda;
◾️ Agar zarurat tug‘ilsa, AQSh o‘z qo‘shinlarini Venesuelaga joylashtiradi;
◾️ Venesuela vise-prezidenti Delsi Rodriges AQSh davlat kotibi Marko Rubioga Vashingtonning talablarini bajarishga va’da berdi. Agar shunday bo‘lsa, AQSh qo‘shinlari Venesuelaga kiritilmaydi;
◾️ Men Chili, Argentina va Gonduras prezidentlarining faoliyatini ma’qullaganman;
◾️ Maduro bunkerga yashirinishga uringan, biroq AQSh harbiylari uning qochishiga yo‘l qo‘ymagan. Kuchli otishma bo‘lgan. 47 soniya ichida amerikalik harbiylar hududni tozalab, Maduroni qo‘lga olgan;
◾️ Agar qo‘lga olish paytida qarshilik ko‘rsatganida, Maduro o‘ldirilishi mumkin edi;
◾️ Venesuela o‘z hududida xorijiy kuchlarni joylashtirgan va Qo‘shma Shtatlarga tahdid soladigan hujumkor qurollarni sotib olgan;
◾️ Bizni Venesuelani qayta qurish kutmoqda. Biz Venesuelaning yer osti resurslaridan juda katta mablag‘ga ega bo‘lamiz.
