Erdog‘an: "Eronga qilingan hujumlarni xalqaro huquqning ochiqchasiga buzilishi"
Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘an AQSh va Isroilning Eronga hujumlari xalqaro huquqning qo‘pol buzilishi ekanligini ta’kidladi.
Bu haqda turk rahbari Ramazon iftorini nishonlash uchun Anqarada bo‘lib o‘tgan tadbirda nutq so‘zlagan.
"Qo‘shnimiz Eronga qilingan hujumlar xalqaro huquqni aniq buzadi. Bugungi kunga qadar ushbu hujumlarda ko‘plab eronlik birodarlarimiz, jumladan, Eron diniy yetakchisi Ali Xomenei, shuningdek, fuqarolik va harbiy amaldorlar hamda begunoh bolalar halok bo‘ldi. Mamlakatim va xalqim nomidan Eron xalqiga hamdardlik bildiraman", dedi Erdog‘an Anqarada qilgan nutqida.
U shuningdek, "Fors ko‘rfazi mamlakatlaridagi odamlar ham Eronning qasos choralaridan aziyat chekkanini" ta’kidladi.
"Biz bu masala bo‘yicha darhol choralar ko‘rdik. Shanba kunidan beri biz ko‘plab rahbarlar, jumladan, AQSh Prezidenti, Qatar Amiri, BAA Prezidenti, Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi, Yevropa Komissiyasi Prezidenti, Germaniya Kansleri va NATO Bosh kotibi bilan keng ko‘lamli uchrashuvlar va maslahatlashuvlar o‘tkazdik", dedi u.
