Men “katta aka” emas, “katta quloqman” - sun’iy ong bo‘yicha mutaxassis

A A A
Men “katta aka” emas, “katta quloqman” - sun’iy ong bo‘yicha mutaxassis

Biz telefon va noutbuk kamerasini yopib qo‘y, ehtiyot bo‘l o‘zing haqida hamma narsani oshkor qilaverma, bizni “katta aka” (bolshoy brat) kuzatayapti, degan gaplarni ko‘p eshitganmiz.

- Men “Katta aka” emas, “katta quloqman”, hech kimni ataylab kuzatmayman, men faqat siz o‘zingiz ochiq manbaalarda, ijtimoiy tarmoqlarda aytgan gaplaringizni eshitib siz haqingizda xulosa chiqaraman, - deydi Rossiyada "sun’iy ong" bo‘yicha yetakchi mutaxassislardan biri Artur Xachuyan.

Xachuyan, dastlab, internetda kimlar va qanday maqsadlarda odamlar haqida shaxsiy axborot va boshqa ma’lumotlarni to‘playotgani haqida to‘xtalib o‘tdi.

Bugungi kunda odamlar haqida batafsil ma’lumot to‘plovchi eng yirik vosita bu – ijtimoiy tarmoqlardir. Masalan, Facebook, Instagram va boshqalar.  Ular barcha foydalanuvchilarning qiziqishlari va ehtiyojlari haqida batafsil ma’lumot jamlab, uni biznes vakillariga sotadi. Bo‘lmasa kimga kerak sizning plyajda, o‘rmonda yoki itingiz yonida tushgan fotosuratlaringiz? Axir million-million gigabayt ma’lumotlarni saqlash uchun qancha server, infratuzilma kerak. Bularning hammasiga ulkan malag‘lar sarflanadi, - deydi mutaxassis.

Ikkinchi yirik axborot to‘plovchi bu davlat bo‘ladi – davlat tomonidan axborot to‘plash, birinchi navbatda, xavfsizlik muammolarini hal qilsa, undan so‘ng - jinoyatchilik bilan kurash, soliq va turli to‘lovlarni o‘z vaqtida yig‘ib olishni ta’minlash va ijtimoiy yordamni kerakli fuqaroga yetkazib berish kabi maqsadlarda amalga oshiriladi. Ikkinchidan, davlatning o‘zida ham biz haqimizda juda ko‘p ma’lumot bor. Masalan, palonchi 5yildan beri aliment yoki soliq to‘lamaydi, lekin qandaydir yo‘l bilan u yangi mashina sotib olgan yoki xorijga dam olishga otlanmoqda. Davlat bunday ma’lumotdan qanday foydalanishni bilishi kerak.  

Uchinchi toifa axborot yig‘uvchilar – bular xakeralar. Darrov xavotirga tushmang, aksariyat hollarda ularni oddiy odamlar qiziqtirmaydi. Ular ko‘pincha yirik siyosatchilar yoki biznesmenlar, shuningdek shou yulduzlarining hayotni kuzatib turli ma’lumotlarni yig‘ib borishadi. Ba’zan bunday faoliyat raqib tomon buyurtmasi asosida ham amalga oshirilishi mumkin. Jamlangan ma’lumotlar shantaj, o‘g‘irlik va boshqa g‘arazli maqsadlarda ishlatilishi mumkin.

Jamlangan ma’lumotdan qanday foydalaniladi

Tasavvur qilingki, qo‘lingizda butun Rossiya aholisi haqida ulkan hajmda ma’lumot jamlangan, xo‘sh uni nima qilish mumkin? Birinchidan – chakana savdo, marketing yoki reklama kompaniyalariga sotish mumkin. Ikkinchidan – uni tahlil qilib tahlil natijalarini sotish mumkin. Buning uchun bizga “Sun’iy ong” kerak bo‘ladi.

Bugungi kunda “Sun’iy ong” tushunchasi matbuotda tez-tez tilga olinmoqda. Aslida u bir yoki bir necha algoritmlar majmuasidir xolos. Sun’iy ong ommaviy tadbirlar o‘tkazishda xavfsizlikni ta’minlash uchun katta yordam bermoqda. Masalan, 2018 yilda Moskvada bo‘lib o‘tgan futbol bo‘yicha Jahon chempionatida Rossiya  xavfsizlik xizmatlari “Sun’iy ong”dan unumli foydalanishdi. O‘zining agressiv “o‘tmishi” bilan mashhur bo‘lgan ko‘plab futbol muxlislariga bilet sotish bosqichidayoq rad javobi berildi. Ikkinchidan, futboldan so‘ng muxlislar jamlanadigan joylar prognoz qilinib, u yerlarda kerakli xavfsizlik choralari ko‘rildi.

Sun’iy ong bilan birga “Skoring” tushunchasi ham kirib kelmoqda. Skoring deganda, insonning so‘ngi bir necha yildagi faoliyati - o‘zini tutishi, soliq va jarima, qarzlarni vaqtida to‘lashi, sudlanganligi, katta va kichik bezorilik yoki avtobusda biletsiz yurish kabi barcha faktlar qayd etib boriladi. Kerak bo‘lganda, masalan, u bankka kredit olish uchun murojaat qilsa, skoring tizimi bir soniyada kredit berish yoki bermaslikni hal qiladi. Aytishlaricha Xitoyda ana shunday tizim bir necha yildan beri ishlab turibdi. U yerda skoring tizimi mamlakat ichida o‘zini “yaxshi tutmagan” fuqarolarga xorijga chiqish pasporti bermas ekan.

Umuman sun’iy ongni joriy etish bo‘yicha Xitoy dunyoda birinchilardan bo‘lgan desak xato bo‘lmaydi. U yerda iqtisod va ijtimoiy hayotning barcha sohalari raqamlashtirish 15 yil oldin boshlangan va ushbu sohaga ulkan sarmoyalar kiritilgan.

Ha aytmoqchi, biz yaqinda sun’iy ongdan foydalanishning yana bir muvaffaqiyatli uslubini topdik. Tajriba tariqasida onlayn nikoh agentligi tashkil qildik. U yerda sun’iy ong yordamida bir biriga mos keladigan juftliklarni tanladik. Bu ishda bizga 10dan ortiq professional ruhshunoslar va boshqa mutaxasislar yordam berishdi. Natijada sun’iy ong yordamida tanlangan 100ta juftlikdan 87ta juftlik bir biriga mos tushdi. Albatta, sun’iy ong sizning yuragingizga sevgi tuyg‘usini joylab qo‘ya olmaydi, lekin millionlab odamlar orasida aynan sizga imkon qadar ko‘proq xususiyatlari bilan mos keladigan kishini tanlab berishi mumkin.

Umuman olganda, agar o‘zingiz qonunga zid ish qilmayotgan bo‘lsangiz, sun’iy ongdan yoki kimdir siz haqingzda axborot to‘plashidan qo‘rqmasa ham bo‘ladi, chunki aksariyat hollarda ular aynan sizga mos keladigan mahsulot va xizmatlarni taklif qilmoqchi xolos, deb xulosa qildi mutaxassis.  

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Eronda 19 yoshli sportchi dorga osib qatl etildi

19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.

Erling Xoland o‘ziga yangi jamoa tanladi

Бу ҳақда Football365 портали журналистлари хабар бермоқда.

Eron AQShning F-35ga qanday raketa bilan zarba berganini ko‘rsatdi

Ушбу зенит ракетаси 25 км масофага уча олади ва икки усул билан бошқарилади: радар ва иссиқлик изловчи электро-оптик.

Husanovning finaldagi o‘yini qanday baholandi?

Англия Лига кубогининг (Carabao Cup) ҳал қилувчи финал баҳси ўз якунига етди.

Eron Trampning Hormuz bo‘g‘ozini ochish haqidagi ultimatumiga javob berdi

Бу ҳақда Эрон Миллий телерадиоэшиттириш корпорацияси (IRIB) Эрон Қуролли Кучлари Бош штабига таяниб хабар бермоқда.

AQSh Eronning neftdan taxminan 14 milliard dollar daromad olishiga imkon berdi

Бу ҳақда Ахios журналисти Барак Равид хабар берди.

Goal «Oltin to‘p — 2026» uchun asosiy da’vogarlar ro‘yxatini yangiladi

Goal.com портали таҳлилчилари 2026 йилда «Олтин тўп» совринини қўлга киритишга асосий даъвогарлар рейтингини тақдим этишди.

"U — haqiqiy jangchi" — Britaniya OAVlari Husanovning "Real"ga qarshi o‘yinini olqishlamoqda

ESPN телеканалининг Британия таҳририяти журналисти Марк Огден Ўзбекистон терма жамоаси ҳимоячиси Абдуқодир Ҳусановнинг «Манчестер Сити»даги ўсишини юқори баҳолади.

Trampning onasi o‘g‘li haqida: "U aqlsiz..."

Трампнинг онаси Мери Анна Трамп қачонлардир ўғли ҳақида берган интервьюсидан иқтибос чоп этилди.

Eron 4 ming kilometr uzoqlikdagi Britaniya-Amerika harbiy bazasiga hujum qildi

Бу ҳақда Mehr агентлиги хабар берди.

YPX inspektorini urib ketgan 10-sinf o‘quvchisi “Shuhrat” medali sohibining erkatoy nabirasi ekani ma’lum bo‘ldi

25 февраль куни соат 21:46 да 10-синф мактаб ўқувчиси BMW М4 русумли автомашинани ҳайдовчилик гувоҳномасисиз бошқариб, ҳаракатланиб келаётган вақтида ЙПХ инспекторини уриб юборган.

Mashhur model Husanovga uchrashuv taklif qildi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси ва “Манчестер Сити” ҳимоячиси Абдуқодир Ҳусанов туғилган куни муносабати билан табрикларни олишни давом этмоқда.

Qadr kechasi qaysi kunga to‘g‘ri keladi?

Рамазон ойининг охирги 10 кунлиги бошланди.

Buxoroda 21 yoshli yigit Telegramda onlayn fohishaxona tashkil qildi

У аёллар расмларини каналга жойлаб, уларни пул эвазига мижозларга таклиф қилган

Netanyaxu Isroildan qochib ketdi

У Эрон баллистик ракета отишидан олдин қочишга улгурибди.

AQSh razvedkasi Trampni ogohlantirgan — Professor Jon Mirshaymer

Жон Миршаймернинг айтишича, АҚШ разведкаси Дональд Трампга Эрон билан уруш яхши натижа бермаслигини олдиндан айтган.

Eron Trampni bir narsani tushunishga chaqirdi

Эрон томони Ислом инқилоби қўриқчилари корпуси орқали Дональд Трампга кескин мурожаат қилди. Унга кўра, Эронга қарши ҳар қандай таҳдидлар ҳам уруш ҳаракати сифатида баҳоланиши мумкин.

Toshkentda o‘ziga nisbatan shilqimlikka qarshilik ko‘rsatgan qiz jarimaga tortildi

Ҳодиса 6 март куни Янгиҳаёт туманида содир бўлган.

Eron AQShga qarshi beshta shart qo‘ydi

Эрон АҚШ билан музокараларни давом эттиришдан олдин бешта асосий шартни бажаришни талаб қилди.

Bolgariya Rossiyaga qarshi ayrim sanksiyalarni bekor qildi

Қарор атом энергетикаси соҳаси билан боғлиқ бўлиб, у Козлодуй атом электр станцияси учун компонентлар етказиб беришни қамраб олади.

Toshkentda ayol kishini ayol ekanligi tufayli ishga olishmadi

Мурожаатда қайд этилишича, у 2026 йил январь ойида Тошкент вилоятидаги иқтисодий соҳага оид ташкилотлардан бирига мавжуд лавозимга ишга қабул қилиш масаласи бўйича суҳбатдан ўтган, ариза ёзган ҳамда электрон шартномани имзолаган. Шундан сўнг ишга қабул қилиш тўғрисида буйруқ чиқиши кутилган.

Voyaga yetmagan ikki qiz kirakashni tunab, uning qulog‘ini tishlab oldi

Ҳозирда эса ҳолат юзасидан тергов ҳаракатлари олиб борилмоқда.

Qozog‘istonda dron quladi

Аввалроқ, Қозоғистон Мудофаа вазирлиги бу каби дронларнинг 90 фоиздан ортиғи Россия 926-бош учиш синов маркази полигон ҳудудига тўғри келишини билдирган.

Noqonuniy oltin savdosi bilan bog‘liq holatlar aniqlandi

Экспертиза хулосасига кўра, ушбу олтин қуймасининг баҳоси 209 млн 757 минг сўмни ташкил этади.

Amudaryo orqali 10 kg narkotikni olib o‘tgan afg‘onistonlik narkokur’er ushlandi

Унинг ёнида бўлган 2 та қопнинг ичида эса жами 10 дона ўрамда 10 кг 354 гр “гашиш” гиёҳвандлик воситаси борлиги аниқланди.

Rossiya Ukrainaga bir sutkada qariyb mingta dron bilan hujum uyushtirdi

Украина Мудофаа вазирлигининг маълум қилишича, Россия армияси Украинага қарши қарийб 1000 та дрондан иборат улкан ҳаво ҳужумини амалга оширди. Бунинг оқибатда камида 7 киши ҳалок бўлди.

Ho‘rmuz bo‘g‘ozining yopilishi sababli Yevropa aprel oyidayoq yoqilg‘i taqchilligini his qilishi mumkin – The Guardian

Бу ҳақда Shell нефт компанияси бош директори Ваэл Саван маълум қилди, деб хабар бермоқда нашр.

Eron AQShning talablarini rad etdi

Бу ҳақда “Ҳизбуллоҳ” гуруҳига алоқадор Al Mayadeen телеканали Эроннинг сиёсат ва хавфсизлик соҳасидаги расмийсига таяниб хабар берди.

Amudaryo orqali 10 kg giyohvandlik vositasini olib o‘tgan afg‘onistonlik narkokur’er ushlandi

Ўзбекистон Республикаси Давлат хавфсизлик хизматининг Чегара қўшинлари ҳарбий хизматчилари қўшни Афғонистондан мамлакатимизга контрабанда қилинган катта миқдордаги наркотик моддаларни тўхтатиб қолишди.

Toshkent viloyatida uch kishi is gazidan zaharlanib vafot etdi

Хонадонда 79 ёшли М.С. (аёл), унинг 37 ёшли невараси Д.Ю. (аёл) ва ва 17 ёшли евараси М.Ж. (ўғил) бўлган.

Eron xavfni kuchaytirmoqda: Tehron AQShga qanday talablar qo‘ymoqchi?

Reuters агентлигининг Теҳрондаги манбаларига таяниб хабар беришича, Эрон воситачилик уринишлари ва АҚШ билан мумкин бўлган алоқалар фонида музокаралар олиб бориш позициясини мустаҳкамлади.

Isroil TIVning rasmiy kanali joylagan xabar: Eron rejimi dunyodagi eng katta tahdid

Исроил Ташқи ишлар вазирлиги баёнотига кўра, Эрон режими глобал террор тармоғининг асосий ташкилотчиси ҳисобланади.

Tramp oilasining dron biznesiga sarmoyasi muhokamalarga sabab bo‘lmoqda

Айрим манбаларга кўра, Дональд Трамп оиласининг Эрон атрофидаги можаролардан олдин дрон соҳасига сармоя киритгани катта муҳокамаларга сабаб бўлмоқда.

Navoiyda narkokuryer «zanjiri» fosh etildi

Навоий вилояти ИИБ ахборот хизмати гуруҳи раҳбари Фаёзжон Қосимовнинг «Xabar.uz»га маълум қилишича, наркокурьерлар бот «хизмати» орқали бир-бирини топишган. Ва бот хизмати улар учун заҳарли тармоқ вазифасини ўтаган.

"Isroil Quddusdagi masjidlarga portlash tayyorlamoqda"

Ушбу ҳаракатларнинг мақсади — дунё миқёсида муқаддас урушни бошлаш, исломнинг муқаддас масканларини бузиш

Texas shtatidagi neftni qayta ishlash zavodida portlash sodir bo‘ldi

Расмийлар нефтни қайта ишлаш заводи атрофидаги ҳаво сифатини назорат қилмоқда.

Tojikiston Markaziy Osiyoda terrorizm indeksi bo‘yicha eng xavfli davlat deb topildi

Африка ва Яқин Шарқ ҳудудлари эса ҳанузгача терроризм юқори бўлган “қайноқ нуқталар” сифатида қолмоқда.

Urgutda maktab o‘quvchisi 5 yashar qizni mashinada urib, voqea joyidan qochib ketdi

Маълум бўлишича, у маҳаллий мактаблардан бирининг 11-синф ўқувчиси бўлиб, транспорт воситасини тегишли ҳужжатларсиз бошқарган.

Termizda kartoshka ko‘rinishidagi 72 kg «gashish» fosh qilindi

Дастлабки маълумотларга кўра, ушбу катта миқдордаги гиёҳвандлик воситалари Россия Федерациясига олиб кетилаётган бўлган.

Eron Tramp uchun kutilmagan hodisalarni va’da qildi

Эрон ахборот агентлиги Тасним хабарига кўра, Теҳрон АҚШ президенти Доналд Трамп учун бир нечта сюрпризлар тайёрлади, улар яқин кунларда эълон қилинади.