Mehnat muhojirlari ketganidan keyin Rossiyada chiqindilarni yig‘ish bilan muammolar boshlandi

Mehnat muhojirlari ketganidan keyin Rossiyada chiqindilarni yig‘ish bilan muammolar boshlandi

Dog‘iston poytaxtida kommunal xizmat ko‘rsatuvchi mehnat muhojirlarining hibsga olinishi tufayli tozalash va olib chiqish bilan bog‘liq muammolar yuzaga keldi. Bu haqda Maxachqala hukumatidagi manbaga tayanib, «RIA» xabar beradi.

Bir kun avval shahar hokimligining Telegram-kanalida ular hududiy chiqindilarni boshqarish bo‘yicha “Maxachqala-1” operatori ishidagi texnik nosozliklar tufayli Mahachqala ma’muriyati va unga qarashli muassasalar xodimlari tomonidan shanbalik o‘tkazishga majbur bo‘lganini ma’lum qilgan edi. Shuningdek, ular chiqindilarni olib chiqish bilan bog‘liq vaziyat barqarorlashishiga ishontirishdi.

Shu bilan birga, aholi konteyner maydonlaridagi chiqindi uyumlaridan shikoyat qilishda davom etmoqda

«Maxachqala-1» munisipal muassasasi ishidagi muammolar muassasada ishlayotgan muhojirlarning “shaxslari aniqlanmaguncha” ushlab turilishi munosabati bilan yuzaga kelgan”, — deydi agentlikka manba.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Maxachqala va Kaspiyskda terrorchilikda gumon qilinib, bir necha kishi qo‘lga olinganidan so‘ng, Markaziy Osiyodan ba’zi odamlar Dog‘istonni tark etgan bo‘lishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!