MDH mamlakatlari va Hind okeani portlarining Janubiy Osiyo orqali transport logistikasi sohasida hamkorligi bo‘yicha yangi marralarga erishiladi

MDH mamlakatlari va Hind okeani portlarining Janubiy Osiyo orqali transport logistikasi sohasida hamkorligi bo‘yicha yangi marralarga erishiladi

2024-yil 23-aprel kuni Surxondaryo viloyatining Termiz shahrida transport idoralari rahbarlari, ekspeditorlik kompaniyalari va biznes vakillari ishtirokida Hind okeani portlariga chiqish uchun "Belarus – Rossiya – Qozog‘iston – O‘zbekiston – Afg‘oniston – Pokiston" multimodal transport yo‘lagini rivojlantirish bo‘yicha xalqaro uchrashuv bo‘lib o‘tadi.

Transport sohasi tashkilotlari va biznes delegasiyalari vakillarining Termiz shahrida o‘tkaziladigan uchrashuvi o‘zaro tovar ayirboshlash ko‘lamini oshirish, quruqlik yo‘laklari bo‘ylab xalqaro yuk tashishlar hajmini ko‘paytirish, shuningdek, MDH, Markaziy va Janubiy Osiyo mamlakatlarining Yevroosiyo global transport-logistika tizimidagi rolini oshirish uchun potensial imkoniyatlarni ro‘yobga chiqarish nuqtai nazaridan samarali bo‘lishi kutilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!