Mbappe "PSJ" muxlislari tomonidan tanqid qilindi

Mbappe "PSJ" muxlislari tomonidan tanqid qilindi

"PSJ" hujumchisi Kilian Mbappe "MonpelYE"ga qarshi o‘yindan so‘ng (5:2) muxlislar tomonidan tanqid qilindi. Muxlislar futbolchining istaksiz harakat qilganini va ko‘pincha to‘p uchun kurashlarda ishtirok etmaganini his qilishdi, deb xabar bermoqda Give me Sport.

Hammasi 24-daqiqada "PSJ"ning penalti tepish huquqini qo‘lga kiritganidan keyin boshlandi. Kilian Mbappe to‘pga yaqinlashdi, ammo u 11 metrli jarima zarbasini aniq amalga oshira olmadi. Bir nechta epizodlarda Mbappe sheriklarining qilmishidan norozi ekanligini ko‘rsatdi. Shuningdek, u hujumlarni to‘xtatdi, boshqa raqib darvozasi tomoni yugurishni to‘xtatdi. Ikkinchi bo‘limda fransiyalik hujumchi gol urishga muvaffaq bo‘ldi, biroq futbolchi golni nishonlamadi.

Eslatib o‘tamiz, kecha Liga 1ning 2-tur doirasida "PSJ" "Park de Prens" stadionida "MonpelYE"ni qabul qildi. Uchrashuv parijliklarning 5:2 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!