Mbappe 6 yil ichida ilk bor PSJda zaxirada qoldirildi ​​​​​​​

Mbappe 6 yil ichida ilk bor PSJda zaxirada qoldirildi ​​​​​​​

PSJ hujumchisi Kilian Mbappe "Lill" (3:1)ga qarshi Liga 1 21-tur doirasidagi o‘yinni zaxiradan kuzatdi.

25 yoshli fransuz parijliklar tarkibida faoliyatida uchinchi bor Fransiya chempionati doirasidagi o‘yin qaydnomasiga kirdi va maydonga tushmadi. U bunga qadar "Nant" (2017 yil noyabr) va "Monako" (2018 yil aprel) bilan o‘yinlarda zaxirada qolgandi.

Mbappe 2023/24 yilgi mavsum PSJ tarkibida Liga 1da 19 ta o‘yinda maydonga tushib, 20 ta gol va 4 ta assist qayd etdi. PSJ Fransiya chempionati turnir jadvalida 21ta o‘yinda 50 ochko jamg‘argan holda yetakchilik qilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!