Mayk Tayson ringga chiqmasa, Jeyk Pol bilan kim jang qiladi?

Mayk Tayson ringga chiqmasa, Jeyk Pol bilan kim jang qiladi?

Kecha Mayk Tayson - Jeyk Pol jangining yangi sanasi e’lon qilingan edi.

Unga ko‘ra, jang 15 noyabr kuni avvaldan belgilangan manzilda o‘tkazilishi reja qilinmoqda.

Biroq IFL nashrining xabar berishicha, Roy Jons ham mashg‘ulotlarga qaytgan. Sababi, Tayson ringga chiqa olmagan taqdirda, uning o‘rnini aynan Roy to‘ldiradi.

Aslida, Tayson - Pol jangi 20 iyul kuni bo‘lib o‘tishi lozim edi, biroq Maykning sog‘lig‘idagi muammolar sabab, shifokorlar unga jang qilish uchun ruxsat bermagan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!