​Maxluq qiyofasiga kirgan "ota" to‘rt insonni vahshiylarcha o‘ldirdi

A A A
​Maxluq qiyofasiga kirgan "ota" to‘rt insonni vahshiylarcha o‘ldirdi

Joriy yilning yanvar oyi boshida Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumanidagi “Xidirsha” mahalla fuqarolar yig‘inida umrining hali o‘ttiz bahorini ham qarshilamagan Azizbek Abduqayumov tomonidan vaxshiylarcha sodir etilgan jinoyat “o‘rgimchak to‘ri” va ijtimoiy tarmoqlarda yashin tezligidek tarqalib, barchaning qalbini larzaga solgan edi.

Gap shundaki, Buloqboshi tumanilik Azizbek 2017 yilning 30 dekabr kuni xo‘jaobodlik ikki ayol, yetti yoshli qizcha va olti oylik chaqaloqni o‘ldirib, yoqib yuboradi. Shu yilning 16-may kuni esa jinoyat ishlari bo‘yicha Andijon viloyati sudi binosi ochiq sud majlisida mudhish voqea sababchisiga nisbatan hukm o‘qildi.

“AYTAYOTGAN SO‘ZLARI VA HATTI-HARAKATI JAHLIMNI CHIQARDI”

Azizbek ABDUQAYUMOV, sudlanuvchi:

- Aslida oilali bo‘lib, ikki nafar farzandning otasi edim. “Damas” avtomashinasida kirakashlik qilardim. 2016 yil iyul oyida Xo‘jaobod tumani “Xidirsha” mahallasida yashovchi turmushidan ajragan, bir nafar qizi bo‘lgan Feruza ismli ayol bilan tanishib, shar’iy nikoh asosida turmush qurdik. Undan tez-tez xabar olib turardim. Oradan roppa-rosa bir yil o‘tib, o‘g‘il farzandli bo‘ldik va chaqaloqqa Muhammadali, deya ism qo‘ydik. Feruza ikkimizning negadir munosabatlarimiz sekin-asta sovuqlashib bordi. Arzimagan narsa uchun ham “sen-men”ga borib, janjallashadigan odat chiqardik.

Feruza 2017 yil yakunlanib, Yangi yil bayramiga sanoqli daqiqalar qolganida, ya’ni 30 dekabr kuni tushlikdan keyin soat 12:00 larda qo‘ng‘iroq qilib, “Mendan xabar olmayapsan, javobimni ber, sen bilan qaytib yashashni xohlamayapman”, dedi. Uning bu so‘zlarini eshitib, oradan ikki soat o‘tgach, uyiga bordim. Undan singlisi va bolalar nima qilishayotganini so‘radim. Singlisi Nargizani yuvinayotgani, Gulchiroy uy ichida o‘ynayotgani, Muhammadali esa beshikda uxlayotganini ta’kidlab, so‘ng qat’iy ovozda “Javobimni ber”, dedi. Uning tinmay gapirayotganiga nuqta qo‘yish maqsadida “taloq” qildim. O‘g‘lim Muhammadalini ko‘rgani xona tomon otlangan paytim u “Endi eshitib qo‘y, beshikdagi bola sendan emas. Uyga kirma, bunga haqqing yo‘q. Xonadoninga borib, yaqinlaringga bor gapni ro‘yi-rost aytaman. Seni ermak uchun olib yurgandim. Senga o‘xshaganlarni hali ko‘pini o‘ynataman”, dedi.

Men esa unga bu gaplarni hazil tariqasida aytayotganini ta’kidlashini so‘radim. U esa jiddiy ohangda “Hazillashganim yo‘q. Qo‘lingdan kelsa, so‘yib yubor”, deya yoqamdan oldi. Feruzaning og‘zidan chiqayotgan so‘zlari va hatti-harakati kuchli jahlimni chiqardi. Shu payt zinada turgan xo‘jalik pichog‘ini olib, uning tomog‘iga tiradim va barcha aytgan gaplari chinligini so‘radim. U esa hammasi rostligini, so‘yib yubora olmasliginimni va bu ish qo‘limdan kelmasligini ta’kidladi. O‘sha zahoti qo‘limdagi pichoqni Feruzaning bo‘yniga tortib yubordim va u yerga kuchli zarba bilan yiqildi. Uni o‘ldi, deb o‘ylab, ko‘chaga chiqish uchun darvoza tomon yurayotganimda singlisi “Yordam beringlar”, deya baqirdi va qo‘shnilarni chaqira boshladi. Qilgan ishim fosh bo‘lib qolishidan qo‘rqib, Nargizaning ham bo‘yniga pichoq tortvordim. Hali joni uzilmagan, ammo qonga belangan Feruza o‘rnidan turib, ko‘cha tarafga yugurayotganida uni to‘xtatib, yana bir necha joyiga pichoq sanchdim. Opa-singillarning jasadini bir xonaga qo‘yayotgan paytim ichkari uydan yetti yoshli Gulchiroy chiqib qoldi. U baqirib, yig‘lab yubordi. Uni “Qizim, qo‘rqma”, deya yupatishga urindim va jasadlar yoniga yotqizib, uni ham o‘ldirdim. Keyin uchalasining ustiga adyol yopib qo‘dim. Shu xonada beshikda uxlab yotgan Muhammadali uyg‘onib ketib, ovozining boricha chinqirab yig‘ladi. Avvaliga beshikni tebratib, uni uxlatishga harakat qildim. Lekin chaqaloq yig‘idan to‘xtamadi. Hayolimga Feruzaning “Bola sendan emas”, degan fikrlari quyilib keldi va go‘dakning ham hayotiga “nuqta” qo‘ydim.

Qilgan ishlarimni bildirmaslik maqsadida kiyimlarimni tozalab yuvdim, o‘zim ham tezda cho‘milib, yer va devordagi qon izlarini tozaladim. Ust-boshimni dazmollab, quritib bo‘lgach, kiydimda, so‘ng paket ichidan Muhammadalidan boshqa qolgan barchasining pasport va tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi hamda yana bir qancha hujjatlarni olib, ularni murdalar ustiga tashladim. Shkaf ichidan esa qimmatbaho telefon apparati, tilla buyum va taqinchoqlarni oldim. Jasadlar ustiga pechkaga ulangan shlangni, so‘ngra sigaret qoldig‘ini tashlab, eshikni yopib hovliga oshiqdim. Ko‘chaga esa darvozadan emas, devor oshib chiqib ketdim.

DENGIZ KO‘RISh ORZUSI

Savdo do‘konidan ro‘zg‘or uchun xarid qilgan noz-ne’matlarni olib, uyiga yuvosh mushukdek qaytgan Azizbek og‘ilxonadagi mollariga yem-hashak berib, rafiqasiga bir nechta tanish-bilishlaridagi nasiyalarini to‘lab kelishini aytib, uyidan chiqib ketadi. Negadir o‘sha daqiqalarda uning qalbida moviy dengizni tomosha qilish istagi tug‘iladi. Tanishi O.Abdiyevaning oldiga borib, uning singlisi ishlayotgan joyda dengiz bor yoki yo‘qligini so‘raydi. O.Abdiyeva esa jon-jigari Rossiya Federasiyasida ishlashi, ammo u mehnat qilayotgan makon atrofida dengiz yo‘qligini ta’kidlaydi. Bu javobdan qoniqmagan Azizbek yo‘nalish taksilar orqali Toshkentga, undan keyin esa Surxondaryo viloyatining Denov tumaniga daryoni tomosha qilish sari yo‘l oladi. Yo‘l-yo‘lakay hamrohlaridan Surxondaryodagi daryo qattiq kuzatuv ostida bo‘lishini eshitib, daryoni ko‘rish fikridan qaytadi va Denov tumanidagi tilla buyumlar bozorida Feruzaning uyidan o‘g‘irlagan uzuk, sirg‘a, zanjirning ayrimlarini sotadi. Vohadan poytaxtga qaytib kelganidan keyin haydovchilardan qayerda dengiz borligini so‘raydi. “Dengiz Qozog‘istonda bor”, deya javob bergan haydovchi uni “Chernyayevka” chegara postiga olib boradi. O‘sha kuni Qozog‘iston Respublikasiga o‘tib, ikki kundan keyin Aktau shahriga poyezd orqali yetib oladi. Aktauga borgach, Istanbul shahriga xarid qilgan chiptasini avia kassaga qaytaradi. Shu kuni Toshkent shahriga uchadigan samolyot reysi yo‘qligi uchun Chimkent shahriga boradi. Dengizni ko‘rish orzusiga aylangan Azizbek Kaspiy dengizi qirg‘og‘iga borib, kengliklarni, suv to‘lqinlarini qisqa fursat tomosha qiladi. Niyatlaridan biri amalga oshganidan so‘ng uning vijdoni qiynaldimi yoki qilgan qotilliklarini o‘ylab pushaymon yedimi, xullas aeroportga qaytib, ichki ishlar xodimlariga uchrab, qilmishlarini birma-bir hikoya qilib berdi. U darhol O‘zbekiston huquq tartibot idoralari vakillariga topshirildi.

“SHAR’IY NIKOH ASOSIDA YASHASHGANIDAN XABARIM BO‘LMAGAN”

Qudratbek QALANDAROV, guvoh:

- Haqiqatdan marhuma Feruza Amanova opam, Nargiza Qalandarova singlim, Gulchiroy Ikromjonova va Muhammadali Ikromjonvlar jiyanlarim edi. Ota-onam 2005 yili ajrashib ketishganidan so‘ng, opam va singlim onam bilan, men esa dadam bilan birga yashab kelayotgandik. Feruza opam bilan munosabatlarimiz iliq emasdi, ammo undan kunora xabar olib turishni kanda qilmasdim. 2018 yilning 5 yanvar kuni ayam qo‘ng‘iroq qilib, ikkala qizi bilan ham telefon orqali bog‘lana olmayotganligini, shu sababli men ulardan xabar olib kelishimni ta’kidladi. Otamdan yo‘l kira uchun pul olib, opamning uyiga ketayotgan vaqtim ayam yana telefon qildi va tog‘am M.Sharipov opamnikiga yo‘l olganini aytdi. Shu sabab o‘sha kuni opamnikiga bormadim. Ertasi kuni esa dadam bilan birga bordik. Darvozaning qulf ekanligini ko‘rib, ajablandik va qo‘shnilaridan so‘radik. Ular ham 2017 yil 30 dekabrdan beri ko‘rishmaganini, profilatika inspektori J.Sattrovga xabar berishganini aytishdi. Qo‘shnilardan narvon olib, hovliga kirdik. Xonalarning birini yongani va uni ochib, ichkarida jigarlarimning jasadlarini yongan holda yotganini ko‘rib, karaxt bo‘lib qoldik. Dastlabki tergov davrida ularni A.Abduqayumov o‘ldirib, yoqib yuborganini bildim. Ilgari uni sira tanimasdim va opam ikkisining sha’riy nikoh asosida yashashganidan ham xabarim bo‘lmagan.

“TURMUSh O‘RTOG‘IDAN SIRA SHIKOYAT QILMAGAN”

T.JAHONGIROV, guvoh, “Hidirsha” MFY raisi:

- Marhuma opa-singillarni juda yaxshi tanirdim. Feruza Amanovaning oila a’zolari bilan munosabati yaxshimasligi, sudlanuvchi Azizbek Abduqayumov bilan turmush qurib, birga yashab kelishlari va o‘g‘il farzandlari borligini o‘zidan eshitganmiz. U Azizbekdan biror marta ham shikoyat qilmagan. Shu yilning 6 yanvar kuni marhuma Feruzaxonning dadasi va ukasi kelib, opa-singillarning qo‘ng‘iroqlariga javob berishmayotganini aytishdi. Ular va profilaktika inspektori J.Sattorov bilan birgalikda marhuma istiqomat qilgan xonadonga bordik. Uy ichkaridan qulflanganligini ko‘rdib, ularni chaqirdik. Ammo hech kim javob bermadi. Shundan keyin uyga kirdik va jasadlarni ko‘rib, huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlarini zudlik bilan chaqirtirdik.

XAZONGA AYLANGAN GULDEK UMR

Ochiq sud majlisida yana bir qancha jabrlanuvchi va guvohlarning fikrlari tinglandi. Sudlanuvchi Azizbek ham o‘sha paytda g‘azabdan nima qilayotganini anglolmagani, qilgan ishidan chin dildan pushaymon ekanligini bildirdi. Afsuski, uning ohu-dodi, yolvorishlari to‘rt inson hayotini qaytarib bera olmaydi. Nafs asiriga aylanib, ayni kuch-g‘ayratga to‘lib, ota-onasi duolarini olib, ular orzularini bajo aylaydigan, farzandlariga to‘g‘ri ta’lim-tarbiya berib, rafiqasi bilan shirin va go‘zal hayot kechiradigan davrida guldek umrini xazonga aylantirdi. Oilasi bo‘la turib, qing‘ir yo‘lga qadam tashladi. Oxir-oqibat esa peshonasiga jinoyatchi tamg‘asi bosilib, ko‘plarning nafratiga uchradi. U qilmishga yarasha jazosini oldi. Unga O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalariga muvofiq, umrbod qamoq jazosi tayinlandi.

A.TO‘RAYEV,

Andijon viloyat sudi sudyasi.

Mirolim ISAJONOV,

jurnalist.

Manba: darakchi.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Mashhur aktyor o‘z kvartirasidan o‘lik holda topildi

Унинг энг эсда қоларли ролларидан бири Жим Керри ва Кэмерон Диаз билан бирга суратга тушган "Ниқоб" фильмидаги гангстер Дориан Тирелл роли эди.

FIFA Argentina terma jamoasini 2026 yilgi jahon chempionatidan chetlashtirishi mumkin

Бу ҳақда La Nacion газетаси хабар бермоқда.

O‘zbekistonning "JCH–2026" guruh bosqichidagi raqibi o‘zgarishi mumkin

ФИФА 2026 йилги Жаҳон чемпионати саралаш босқичида Конго терма жамоаси сафида майдонга тушган айрим футболчиларнинг ўйнаш ҳуқуқини текширмоқда.

Ming afsus! AQShdagi otishmada o‘zbek talaba halok bo‘ldi

Бу ҳақда Ташқи ишлар вазирлиги расмий вакили маълум қилиб, марҳумнинг оила аъзолари ва яқинларига чуқур ҳамдардлик билдирган.

Qarshida saunada faoliyat yuritgan fohishaxona aniqlandi

Махсус тадбир пайтида у порaнинг бир қисми ва ашёвий далиллар билан ушланган.

O‘zbekistonlik futbolchi faoliyatini Yevropa klubida davom ettirishga yaqin

Абдуғани Камолов Қирғизистоннинг “Бишкек Сити” клубини тарк этиб, Косово чемпионати вакили билан шартнома имзолаши кутилмоқда. Бу ҳақда Asia-Sport.uz телеграм канали хабар берди.

DIQQAT! «Damas» va «Labo» haydovchilari ogoh bo‘ling!

Унга кўра, ўтказилган текширувлар натижасида мазкур маҳсулотларнинг сифати амалдаги стандарт талабларига жавоб бермаслиги аниқланган.

Messi Bollivud yulduzi Shohrux Xon bilan uchrashdi (foto)

Аргентина терма жамоаси ва "Интер Майами" юлдузи Лионель Месси Ҳиндистонга 3 кунлик ташриф билан келди.

To‘satdan kartangizdan pul yechilsa, hayron bo‘lmang!

ATTO компанияси хабар беришича, 3–4 декабрь кунлари амалга оширилган йўл ҳақи учун кечиктирилган тўловлар тизим томонидан ечиб олина бошлайди. ​Сабаби техник носозликлар бўлиб, баъзи тўловлар аввалроқ ечилмай қолган. ​Қўрқманг! Бу хатолик эмас, фақат ўша кунларда сарфлаган ҳақиқий суммагина ечилади.

"Neftchi" bomba transferlar tayyorlamoqda

Суперлиганинг амалдаги чемпиони "Нефтчи" келаси мавсумда ҳам ўз олдига юқори мақсадлар қўймоқда.

2026 yilda oylik, stipendiya, pensiya va nafaqalar oshiriladi

Пенсия тўловларига 86,1 трлн сўм, нафақаларга 14 трлн сўмдан ортиқ маблағ ажратилиши кутилмоқда.

O‘zbekiston bo‘ylab sovuq antisiklon va inversiya uzoqroq davom etadi

Мамлакат ҳудудида кузатилаётган совуқ антициклон таъсири 5 декабрга қадар сақланиб туриши кутилмоқда. Демак, 5 декабрь кунига қадар ёмғирдан дарак йўқ.

Temur Kapadze Indoneziya terma jamoasida qancha maosh oladi?

Ўзбекистон миллий терма жамоаси собиқ бош мураббийи Темур Кападзе Индонезия термасида иш бошлашга яқин турибди.

Fabio Kannavaro Italiya U-17 - O‘zbekiston U-17 o‘yiniga munosabat bildirdi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро бугунги Ўзбекистон U-17 - Италия U-17 ўйини олдидан ўз Instagram саҳифасига пост жойлади.

O‘zbekistonliklar va turkmanistonliklarning qarshiligiga qaramay Rog‘un GES qurilishi davom etadi

Жаҳон банки шикоятни рад этишни ички қоидаларга асослаган

Turkiya Rossiyadan sotib olingan S-400 zenit-raketa majmualarini qaytarmoqchi

Вашингтон Анқарадан Россия ҳарбий техникасидан воз кечишни талаб қилмоқда.

Qobiljonni kim o‘ldirdi? Rossiyada sodir etilgan mudhish qotillikning asl aybdori aytildi

16 декабр куни Тожикистон фуқароси, 10 ёшли Қобилжон Алиевнинг Москва вилоятидаги мактабда 9-синф ўқувчиси Тимофей К. томонидан пичоқлаб ўлдирилгани Россияда миллатчилик кайфияти тобора кучайиб бораётганини тасдиқлагандек бўлди.

Gvardiola Husanov sariq kartochka olgan vaziyat haqida fikr bildirdi

«Манчестер Сити» бош мураббийи Пеп Гвардиола «Брентфорд» устози Кейт Эндрюснинг биринчи бўлимида Абдуқодир Ҳусанов майдондан четлатилиши керак эди, деб ҳисоблаётгани ҳақида ўз фикрларини билдирди.

Putin Ukrainaga dahshatli ogohlantirish berdi

Бу ҳақда The Daily Express нашри хабар берди.

Rossiyada maktabga hujum qilib, tojikistonlik bolani o‘ldirgan o‘smir hibsga olindi

Шу мактабнинг тўққизинчи синфи ўқувчиси бўлган 15 ёшли Тимофей мактабга пичоқ кўтариб келиб, қўриқчи ва ўқувчиларга ҳужум қилган.

AQSh Tayvanga 10 mlrd dollardan ortiq qiymatda qurol sotishini e’lon qildi

АҚШ маъмурияти Тайванга умумий қиймати 10 миллиард доллардан ошадиган йирик қурол-яроғ пакети сотилишини маълум қилди.

Kirkukda toshqin sabab 300 oila uy-joyini tark etdi

Ироқнинг Киркук шаҳрида 9 декабрь куни ёққан кучли ёмғирлар оқибатида юзага келган тошқин сабаб 300 оила ўз уй-жойини ташлаб чиқишга мажбур бўлди.

Isroil Suriyadagi okkupasiyaga qaramay Damashq bilan kelishuv istagini bildirdi

Исроил Сурия ҳудудининг бир қисмини оккупация қилиб турганига қарамасдан, Дамашқ ҳукумати билан хавфсизлик масалалари бўйича келишувга эришишга интилаётганини билдирди.

«Yaqin Sharqqa so‘nggi 3000 yil ichida ilk bor tinchlik olib keldim» – Tramp

АҚШ президенти Дональд Трамп миллатга қилган навбатдаги мурожаатида ўз маъмурияти фаолиятини юқори баҳолаб, мамлакатдаги мавжуд муаммолар учун собиқ президент Жо Байден бошчилигидаги демократларни айблади. Тахминан 20 дақиқа давом этган чиқишида у иқтисод, хавфсизлик, миграция ва ташқи сиёсат масалаларига тўхталиб ўтди.

AQSh Suriya va Falastinni viza taqiqlari ro‘yxatidan qo‘shdi

АҚШ президенти Дональд Трамп Белый уйда Ханука байрами муносабати билан ўтказилган қабулда Исроилни тўлиқ қўллаб-қувватлашини билдирди.

Dunyo bo‘ylab migrasiya tarixiy cho‘qqiga chiqdi

Иқтисодий тенгсизлик, можаролар, иқлим инқирози ва мажбурий кўчиришлар сабабли дунё замонавий тарихда энг юқори миграция даражасига эришди.

BMTda Falastin vakili: Isroil xalqaro rezolyusiyalarni buzmoqda

Фаластиннинг БМТ доимий вакили Рияд Мансур Исроилнинг Ғазага ҳужум қилишини ва халқаро резолюцияларни бузишини танқид қилди.

Evropa qo‘shinlari Ukrainada Rossiya armiyasi o‘t ochishni to‘xtatish shartlarini buzsa, kuch ishlatishi mumkin — Mers

Германия канцлери Фридрих Мерцнинг айтишича, АҚШ ва Европа Украина учун муҳокама қилаётган хавфсизлик кафолатлари айрим ҳолатларда тинчликпарвар кучлар Россия томонидан қилинган ҳужумларни қайтариши мумкинлигини назарда тутади.

Isroil G‘azoga 200 ming tonnadan ortiq bomba tashlagan — Rajab Toyyib Erdo‘g‘an

Яқинда Қора денгизда амалга оширилган ҳужумлар Қора денгизда кемалар қатнови хавфсизлигига жиддий таҳдид солмоқда. Тижорат ва фуқаролик кемаларига қилинган ҳужумлар ҳеч кимга фойда келтирмайди. Бу масала бўйича ҳар икки томонга ўз огоҳлантиришларимизни аниқ етказдик.

Tehronda turar-joy binosi qulab tushdi, odamlar vayronalar ostida qolib ketdi

Теҳроннинг Яфтобод туманида уч қаватли турар-жой биноси қулаб тушди.

Firibgarligi uchun qidiruvda bo‘lgan shaxs Istanbuldan tutib keltirildi

2023 йилдан буён Юнусобод тумани ИИО ФМБ томонидан қидирувга эълон қилинган фуқаронинг Туркия Республикаси Истанбул шаҳрида яшириниб юргани аниқланиб, ўтказилган тезкор тадбирлар давомида қўлга олинди ва Ўзбекистонга қайтарилди.

Afg‘onistondan olib kelingan giyohvandlik vositasi to‘xtatib qolindi

Афғонистондан контрабанда қилиниб, Бухоро шаҳри ҳудудига яшириб кетилган соф вазни 4 кг 715 г бўлган «опий» моддасини хуфия жойдан олган икки шахс қўлга олинди.

Namanganda 23 nafar bolaga noqonuniy diniy ta’lim bergan erkak ushlandi

У диний билимларни ижтимоий тармоқлардаги номаълум манбалардан мустақил ўрганган бўлиб, расмий диний маълумотга эга бўлмаган.

Bekobodda piyodani urib yuborib kanalga tashlagan IIB xodimiga xotini ham yordam bergan

Бекобод шаҳар ИИБ катта тезкор вакили мast ҳолда Nexia’да пиёдани уриб кетиб, жабрланувчига ёрдам кўрсатмаган.

«Qirg‘iziston aeroportlari» beshta xizmatdan chiqqan samolyotni auksionga qo‘ydi

Айни пайтда ушбу самолётлар «Манас» халқаро аэропорти ҳудудида жойлашган.

Kuchli yomg‘ir G‘azodagi “Al-Shifo” shifoxonasi va ko‘chirilganlar chodirlarini suv ostida qoldirdi

Табиий офат натижасида юзлаб чодирлар вайрон бўлган.

Zelenskiy Berlindagi muzokaralardan so‘ng “tinchlik rejasi” bo‘yicha keyingi qadamlarni ochiqladi

Бу учрашув келаси ҳафтанинг охирига қадар бўлиши мумкин.

Ukraina aholisining ko‘pchiligi Donbassni Rossiyaga berishni istamaydi hamda Zelenskiyga ishonadi — Kiyev xalqaro sosiologiya instituti

Институт томонидан ўтказилган сўровнома иштирокчиларининг 72 фоизи қуйидаги шартларни ўз ичига олган тинчлик режасига рози бўлиши мумкинлигини билдирган: урушни ҳозирги фронт чизиғида “музлатиб қўйиш” ва Украина учун хавфсизлик кафолатлари — аммо оккупация қилинган ҳудудларни расман Россияники деб тан олмасдан. 14 фоиз иштирокчи бундай режани ҳам рад этган.

AQShlik mashhur rejissyor Rob Rayner va uning rafiqasi uyida o‘lik holda topildi

АҚШлик машҳур кинорежиссёр Роб Райнер ва унинг турмуш ўртоғи Мишель Райнер Лос-Анжелесдаги ўз уйида ўлик ҳолда топилди.

Germaniya TIV rahbari Rossiyani «NATOga qarshi urushga tayyorgarlik ko‘rishda» aybladi

Германия ташқи ишлар вазири Йоханн Вадефуль Россияни «агрессив ва империалистик сиёсат» юритишда айблаб, Москва НАТОга қарши урушга тайёргарлик кўраётганини билдирди.