Maskni kriptovalyuta piramidasi tashkil etishda ayblab sudga berishdi

Maskni kriptovalyuta piramidasi tashkil etishda ayblab sudga berishdi

Ilon Mask va uning Tesla Inc hamda Space Exploration Technologies Corp (SpaceX) kompaniyalariga nisbatan Dogecoin kriptovalyutasini ilgari surgani uchun sudga 258 mlrd dollarlik da’vo arizasi berildi. Bu haqda Bloomberg agentligi xabar qildi.

Da’vogar Kit Jonsonning ta’kidlashicha, Mask va uning kompaniyalari Dogecoin qiymatini oshirish uchun tovlamachilik sxemasini tuzgan.

"Javobgarlar Dogecoin kriptovalyutasi oqilona investisiya ekanligi to‘g‘risida yolg‘on ma’lumot bergan, aslida u hech qanday qiymatga ega bo‘lmagan", - deyiladi Manhetten federal sudiga berilgan da’vo arizasida.

"Javobgarlar tashkil etgan kritopiramida tufayli mablag‘idan ayrilgan"ini ta’kidlagan Jonson 2019 yildan buyon Dogecoin bois mablag‘ini yo‘qotgan boshqa odamlar ham unga qo‘shilishiga umid qilmoqda.

2013 yilda yaratilgan Dogecoin kriptovalyutasining narxi 0,057 dollarni tashkil etmoqda. O‘tgan yili uning qiymati 0,74 dollargacha ko‘tarilgandi.

Ilgari Mask Tesla va SpaceX mahsulotlarini Dogecoin kriptovalyutasiga sotishini aytgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!