Mashina uchun pul to‘lab sarson bo‘layotganlar hamon bor

Mashina uchun pul to‘lab sarson bo‘layotganlar hamon bor

“Umid Avto lizing” MCHJga o‘ttiz to‘qqiz million so‘m to‘lov qilgan fuqaro “Kobalt” avtomobilini sotib ololmadi.

Shartnomaga ko‘ra avtomobil narxini to‘lab bergan fuqaro F. Abdullayev tegishli muddat yetib kelsa-da, korxonadan avtomobilini ololmadi. “Umid avto lizing” mas’uliyati cheklangan jamiyati vakili F. Abdullayevni turli bahonalar bilan aldab yuraverdi. 

Oqibatda fuqaro 1091 raqamlari orqali iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qilishga majbur bo‘ladi. Chunki, pullarni qurtday sanab olgan “Umid Avto lizing” MCHJ fuqaroga istagan joyiga murojaat qilishini lekin, ular pullarni qaytarmasligini aytgan edi.

Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati o‘z navbatida sarson bo‘lgan fuqaroning pullarini qaytarib olishida yordam berdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!