Mashhur futbolchining otasi Dubayda yurak xurujidan vafot etdi

Mashhur futbolchining otasi Dubayda yurak xurujidan vafot etdi

“Liverpul”ning sobiq hujumchisi Roberto Firminoning otasi Xose Roberto Kordeyru de Oliveyra 62 yoshida vafot etdi.

"UOL" xabariga ko‘ra, erkak Dubayga oilaviy sayohati chog‘ida vafot etgan. O‘limga yurak xuruji sabab bo‘lgan. Hozir uning oilasi marhumning jasadini Maseio oilasining ona shahriga qaytarish uchun Braziliyaning BAAdagi elchixonasi bilan bog‘lanishga harakat qilmoqda.

Firmino 2023 yilning yozida "Liverpul"dan Saudiya Arabistonining "Al-Ahli" klubiga o‘tgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!