Maryam Tillayeva sobiq eri bobosi sovg‘a qilgan zirakni o‘g‘irlangani va unga jismoniy bosim o‘tqazgani haqida gapirdi

A A A
Maryam Tillayeva sobiq eri bobosi sovg‘a qilgan zirakni o‘g‘irlangani va unga jismoniy bosim o‘tqazgani haqida gapirdi

O‘zbekiston birinchi prezidenti Islom Karimovning nevarasi, Insta-bloger Maryam Tillayeva turmush o‘rtog‘i Amiran bilan ajrashishi sababi, yarim yalang‘och surati uning roziligisiz tarqatilgani haqida so‘zlab berdi.

«Erim bilan munosabatlarim mavzusida gapirishni umuman xohlamagandim. Biz hali ham qonunan er-xotinmiz. Lekin biz birga yashamayapmiz, gaplashmayapmiz. Menga turli YouTube-kanallardan intervyu qilish taklifi bilan chiqishdi. O‘ylashimcha, hozir shundoq ham butun dunyoda xaos hukmronlik qilmoqda, global miqyosda turli ziddiyatlar mavjud, shuning uchun o‘z muammolarim haqida gapirishni lozim deb hisoblamayman. Odamlarning tashvishi menikidan ham ko‘proq hozir. Agar intervyu beradigan bo‘lsam, u yerda o‘zimning erishgan yutuqlarim haqida gapirishim kerak, men bilan yuz bergan ko‘ngilsiz holat haqida esa ozgina to‘xtalib o‘tsam bo‘ladi.

Nima uchun jonli efirga chiqib, bu mavzuda gapiryapman? Kecha erimning bir intervyusiga ko‘zim tushdi, u yerda men haqimda so‘z borayotgan ekan. Erim o‘z fikrlarini chiroyli shakllantira oladi, boshqalar ko‘ziga qanday qilib olijanob inson bo‘lib ko‘rinishni yaxshi biladi. Ammo aslida unday emas. Men bir yarim yil bu inson bilan yashab, qanday kunlarni boshdan kechirganimni hammaga so‘zlab bermoqchi emasman. Bugun qanday his-tuyg‘ular bilan yashayotganimni ham bo‘lishmayman. Agar boshimdan nimalar o‘tganini bilsangiz, shokka tushib, menga rahmingiz kelgan bo‘lardi. Men o‘zimga achinishlarini xohlamayman. Shuning uchun ko‘rgan-kechirganlarimni faqat yaqin do‘stlarimgina biladi. Ular yordamga muhtoj paytim meni qo‘llab-quvvatladi. Men haqiqat tarafman, odamlar aslidan ko‘ra yaxshiroq ko‘rinish uchun yolg‘onlar to‘qib chiqarishiga qarshiman.

Men Moskvaga o‘sha insonni sevganim, u bilan keyingi hayotimni qurishni istaganim uchun ko‘chib o‘tgandim. Yosh bo‘lganim yoki nimagadir tayyor bo‘lmaganim ayrilishimiz sababchisi emas. Bu inson haqida yomon gapirishni istamayman, bizning ajrashishimizga menga o‘tkazilgan ruhiy va jismoniy bosim sabab bo‘ldi. Bundan tashqari, men gapirishni istamaydigan boshqa sabablar ham bor. Hali o‘zimga kelolmadim, buning uchun psixolog bilan uzoq muddat ishlashim kerak.

Men sodda va ahmoq bo‘lgan ekanman. Shuning uchun ham boshimdan o‘tganlarga qaysidir ma’noda o‘zim ham sababchiman. Osmonda uchib yurgan ekanman. Shuni aytishim kerakki, bolaligimda maktabda juda ko‘p tahqirlashlarni boshdan kechirganman. Musulmon bo‘lganim uchun boshimni unitazga tiqishlar, haqoratlarni ko‘rganman, kaltaklanganman. Ammo men bir yarim yillik turmushimda ko‘rganlarimni hatto dushmanimga ham ravo ko‘rmayman. Bu haqda gapirish juda qiyin, sababi oilam, menga yaqin insonlarim va o‘zim aziyat chekdim. U insondan buyog‘iga meni, oilamni, buvimni umuman tilga olmaslikni so‘ragan bo‘lardim», — deydi Maryam Tillayeva.

Maryam, shuningdek, muhokamalarga sabab bo‘lgan yarim yalang‘och surati turmush o‘rtog‘i tomonidan uning roziligisiz tarqatilgani haqida ham so‘zlab berdi.

«Amerikada mening muhokamalarga sabab bo‘lgan yalang‘och suratimni tarqatganlik uchun meni himoya qiladigan qonun moddasi bor. U Revenge porn deb nomlanadi. Men bunday suratimni hech qachon ijtimoiy tarmoqqa joylamagan bo‘lardim, rozilik ham bermaganman. Biroq sen har kunlik manipulyasiya hamda tahqirlashga asoslangan munosabatlarda bo‘lsang, sen insonning «sevgisi»ni yo‘qotmaslik uchun, uni ranjitmaslik uchun hamma narsaga tayyor bo‘lasan. U 35 yoshida, ongli ravishda shunday o‘yin o‘ynadi. Amiran ijtimoiy tarmoqlar shunday ishlaydi, dedi. ‘Sen hech narsani tushunmaysan’, dedi. Bu xayp, men uni qo‘llab-quvvatlashim kerakligini aytdi, ‘Buni ikkimiz uchun qilyapman’, dedi. Men yig‘ladim. Hozir esa shu haqda o‘ylab, o‘zimni shunchalik yerga urganimdan afsuslanib ketyapman. Uning postidan keyin menga tasavvur qilib bo‘lmaydigan nafrat yog‘ildi. Meni fohisha deb atashdi, o‘lim tilashdi, tahdidlar bo‘ldi. O‘sha rasmni O‘zbekistonda yashaydigan hamma ko‘rdi, uni qarindoshlarim, buvilarimga ko‘rsatishdi. Bu — men hayotimning oxirigacha shu sharmandalik bilan yashashga to‘g‘ri keladigan holat.

Men erimning bu qilmishidan so‘ng uni tushunmay qolgandim, biroq uni sevganim uchun qo‘llab-quvvatlab, faqat o‘zimga yomon qilardim. Oilam oldida, otam, onam, ukam, singlim, bobom, buvim va xalqimiz oldida uyatga qoldim. Shunda ham Amiran taraf bo‘ldim. O‘shanda aqlim qayerda edi, tushunmayman. U o‘shanda birgina posti bilan ota-onam bilan munosabatlarimga butunlay nuqta qo‘ydi. Ularni tushunaman. Amiran niyatiga yetdi. Meni oilam va do‘stlarimdan ajratib qo‘ydi. Men esa o‘shanda o‘zim tushunmagan holda juda qattiq depressiyaga tushib qolgandim», — deydi Maryam.

Maryam Tillayevaning aytishicha, Amiran Sardarov uning bobosi sovg‘a qilgan ziragini o‘g‘irlagan.

«Men uni Xudoga soldim. Men hayot yo‘limda davom etaman, u esa o‘zining narkotik botqog‘ida, jinnicha shoulari bilan qolaversin. Lekin menga bobom sovg‘a qilgan zirakni o‘g‘irlash bu odamning kimligini ko‘rsatadi. Bu yerda gap pulda ham emas, o‘sha narsaning menga qanchalik qadrli ekanligida. U shunaqa kimsa. Tushunishimcha, bu hammaga allaqachon ayon edi», — deydi Maryam.

Ma’lumot uchun, Maryam Tillayeva 2021 yilning 13 aprel kuni rossiyalik bloger Amiran Sardarovga turmushga chiqqan edi. Ularning to‘yi Las-Vegasdagi mehmonxonalardan birida, juftlikning do‘stlari ishtirokida bo‘lib o‘tgan. Maryam to‘yi tor doirada, kamtarona tarzda nishonlanganiga qaramay, o‘z orzusidagidek o‘tganini aytgan edi. U to‘ydan keyin Instagram sahifasini faol yurita boshladi, uning kuzatuvchilari soni qisqa muddat ichida bir necha yuz mingga ko‘paydi. U sahifasida kundalik turmush tarzi haqida hikoya qilib berardi.

2022 yilning fevral oyida Amiran Maryam bilan ajrashganini e’lon qildi.

«Biz Masha bilan ajrashdik, afsuski, shunaqasi ham bo‘ladi. Senga hayotimda bo‘lganing uchun minnatdorchilik bildirmoqchiman. Sen yorqin, aqlli va shijoatlisan. Har doim shunday bo‘lib qolishingni tilayman. Hech qachon g‘am chekma! Aminmanki, hayotingdagi eng yaxshi kunlar hali oldinda, o‘z baxtingni topasan. Senga hammasi uchun rahmat!», — degandi Amiran Sardarov.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Mashhur aktyor o‘z kvartirasidan o‘lik holda topildi

Унинг энг эсда қоларли ролларидан бири Жим Керри ва Кэмерон Диаз билан бирга суратга тушган "Ниқоб" фильмидаги гангстер Дориан Тирелл роли эди.

FIFA Argentina terma jamoasini 2026 yilgi jahon chempionatidan chetlashtirishi mumkin

Бу ҳақда La Nacion газетаси хабар бермоқда.

DIQQAT! «Damas» va «Labo» haydovchilari ogoh bo‘ling!

Унга кўра, ўтказилган текширувлар натижасида мазкур маҳсулотларнинг сифати амалдаги стандарт талабларига жавоб бермаслиги аниқланган.

Qarshida saunada faoliyat yuritgan fohishaxona aniqlandi

Махсус тадбир пайтида у порaнинг бир қисми ва ашёвий далиллар билан ушланган.

FIFA JCH-2026 qur’asi yuzasidan O‘zbekistonga murojaat qildi

ФИФА матбуот хизмати 2026 йилги жаҳон чемпионати қуръаси натижаларидан кейин Инстаграм орқали Ўзбекистон терма жамоасига мурожаат қилди.

Ming afsus! AQShdagi otishmada o‘zbek talaba halok bo‘ldi

Бу ҳақда Ташқи ишлар вазирлиги расмий вакили маълум қилиб, марҳумнинг оила аъзолари ва яқинларига чуқур ҳамдардлик билдирган.

O‘zbekistonlik futbolchi faoliyatini Yevropa klubida davom ettirishga yaqin

Абдуғани Камолов Қирғизистоннинг “Бишкек Сити” клубини тарк этиб, Косово чемпионати вакили билан шартнома имзолаши кутилмоқда. Бу ҳақда Asia-Sport.uz телеграм канали хабар берди.

Messi Bollivud yulduzi Shohrux Xon bilan uchrashdi (foto)

Аргентина терма жамоаси ва "Интер Майами" юлдузи Лионель Месси Ҳиндистонга 3 кунлик ташриф билан келди.

O‘zbekistonning "JCH–2026" guruh bosqichidagi raqibi o‘zgarishi mumkin

ФИФА 2026 йилги Жаҳон чемпионати саралаш босқичида Конго терма жамоаси сафида майдонга тушган айрим футболчиларнинг ўйнаш ҳуқуқини текширмоқда.

"Neftchi" bomba transferlar tayyorlamoqda

Суперлиганинг амалдаги чемпиони "Нефтчи" келаси мавсумда ҳам ўз олдига юқори мақсадлар қўймоқда.

2026 yilda oylik, stipendiya, pensiya va nafaqalar oshiriladi

Пенсия тўловларига 86,1 трлн сўм, нафақаларга 14 трлн сўмдан ортиқ маблағ ажратилиши кутилмоқда.

O‘zbekiston bo‘ylab sovuq antisiklon va inversiya uzoqroq davom etadi

Мамлакат ҳудудида кузатилаётган совуқ антициклон таъсири 5 декабрга қадар сақланиб туриши кутилмоқда. Демак, 5 декабрь кунига қадар ёмғирдан дарак йўқ.

Temur Kapadze Indoneziya terma jamoasida qancha maosh oladi?

Ўзбекистон миллий терма жамоаси собиқ бош мураббийи Темур Кападзе Индонезия термасида иш бошлашга яқин турибди.

Fabio Kannavaro Italiya U-17 - O‘zbekiston U-17 o‘yiniga munosabat bildirdi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро бугунги Ўзбекистон U-17 - Италия U-17 ўйини олдидан ўз Instagram саҳифасига пост жойлади.

Sibirdan Orol dengiziga suv yo‘naltirilishi mumkin

Бу ташаббус “Қуруқлик сув ресурслари” бўйича илмий кенгашининг октябрь ойидаги йиғилишида кўриб чиқилган.

Finlandiya tashvishda: "Agar Ukraina bo‘yicha tinchlik kelishuviga erishilsa..."

Финландия бош вазири Петтери Орпо мамлакат иқтисодиёти жуда ёмон аҳволда эканини, бунинг асосий сабаби Россия томонидан келаётган таҳдидлар билан боғлиқлигини айтди.

Putin ayrim shaxslarning mablag‘larini cheklash to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. Ular kimlar?

Ҳукумат Марказий банк билан келишилган ҳолда, оила аъзоларининг ҳар бири учун ойига 10 минг рубль миқдорида лимит белгилаган.

Bekobodda piyodani urib yuborib kanalga tashlagan IIB xodimiga xotini ham yordam bergan

Бекобод шаҳар ИИБ катта тезкор вакили мast ҳолда Nexia’да пиёдани уриб кетиб, жабрланувчига ёрдам кўрсатмаган.

"Manchester Siti"ning O‘zbekistondagi hamkori ma’lum bo‘ldi

Англиянинг "Манчестер Сити" клуби Ўзбекистоннинг "Artel" компанияси билан ҳамкорлик қилади.

Ishonch yoki yuqotish: Donbassning taqdiri nima bo‘ladi?

Сўровномада қатнашганларнинг фақат 9 фоизи Россиянинг босқини 2026 йил бошигача тугайди деб ўйлайди.

Иқтисодий тенгсизлик, можаролар, иқлим инқирози ва мажбурий кўчиришлар сабабли дунё замонавий тарихда энг юқори миграция даражасига эришди.

BMTda Falastin vakili: Isroil xalqaro rezolyusiyalarni buzmoqda

Фаластиннинг БМТ доимий вакили Рияд Мансур Исроилнинг Ғазага ҳужум қилишини ва халқаро резолюцияларни бузишини танқид қилди.

Evropa qo‘shinlari Ukrainada Rossiya armiyasi o‘t ochishni to‘xtatish shartlarini buzsa, kuch ishlatishi mumkin — Mers

Германия канцлери Фридрих Мерцнинг айтишича, АҚШ ва Европа Украина учун муҳокама қилаётган хавфсизлик кафолатлари айрим ҳолатларда тинчликпарвар кучлар Россия томонидан қилинган ҳужумларни қайтариши мумкинлигини назарда тутади.

Isroil G‘azoga 200 ming tonnadan ortiq bomba tashlagan — Rajab Toyyib Erdo‘g‘an

Яқинда Қора денгизда амалга оширилган ҳужумлар Қора денгизда кемалар қатнови хавфсизлигига жиддий таҳдид солмоқда. Тижорат ва фуқаролик кемаларига қилинган ҳужумлар ҳеч кимга фойда келтирмайди. Бу масала бўйича ҳар икки томонга ўз огоҳлантиришларимизни аниқ етказдик.

Tehronda turar-joy binosi qulab tushdi, odamlar vayronalar ostida qolib ketdi

Теҳроннинг Яфтобод туманида уч қаватли турар-жой биноси қулаб тушди.

Firibgarligi uchun qidiruvda bo‘lgan shaxs Istanbuldan tutib keltirildi

2023 йилдан буён Юнусобод тумани ИИО ФМБ томонидан қидирувга эълон қилинган фуқаронинг Туркия Республикаси Истанбул шаҳрида яшириниб юргани аниқланиб, ўтказилган тезкор тадбирлар давомида қўлга олинди ва Ўзбекистонга қайтарилди.

Afg‘onistondan olib kelingan giyohvandlik vositasi to‘xtatib qolindi

Афғонистондан контрабанда қилиниб, Бухоро шаҳри ҳудудига яшириб кетилган соф вазни 4 кг 715 г бўлган «опий» моддасини хуфия жойдан олган икки шахс қўлга олинди.

Namanganda 23 nafar bolaga noqonuniy diniy ta’lim bergan erkak ushlandi

У диний билимларни ижтимоий тармоқлардаги номаълум манбалардан мустақил ўрганган бўлиб, расмий диний маълумотга эга бўлмаган.

«Qirg‘iziston aeroportlari» beshta xizmatdan chiqqan samolyotni auksionga qo‘ydi

Айни пайтда ушбу самолётлар «Манас» халқаро аэропорти ҳудудида жойлашган.

Kuchli yomg‘ir G‘azodagi “Al-Shifo” shifoxonasi va ko‘chirilganlar chodirlarini suv ostida qoldirdi

Табиий офат натижасида юзлаб чодирлар вайрон бўлган.

Zelenskiy Berlindagi muzokaralardan so‘ng “tinchlik rejasi” bo‘yicha keyingi qadamlarni ochiqladi

Бу учрашув келаси ҳафтанинг охирига қадар бўлиши мумкин.

Ukraina aholisining ko‘pchiligi Donbassni Rossiyaga berishni istamaydi hamda Zelenskiyga ishonadi — Kiyev xalqaro sosiologiya instituti

Институт томонидан ўтказилган сўровнома иштирокчиларининг 72 фоизи қуйидаги шартларни ўз ичига олган тинчлик режасига рози бўлиши мумкинлигини билдирган: урушни ҳозирги фронт чизиғида “музлатиб қўйиш” ва Украина учун хавфсизлик кафолатлари — аммо оккупация қилинган ҳудудларни расман Россияники деб тан олмасдан. 14 фоиз иштирокчи бундай режани ҳам рад этган.

AQShlik mashhur rejissyor Rob Rayner va uning rafiqasi uyida o‘lik holda topildi

АҚШлик машҳур кинорежиссёр Роб Райнер ва унинг турмуш ўртоғи Мишель Райнер Лос-Анжелесдаги ўз уйида ўлик ҳолда топилди.

Germaniya TIV rahbari Rossiyani «NATOga qarshi urushga tayyorgarlik ko‘rishda» aybladi

Германия ташқи ишлар вазири Йоханн Вадефуль Россияни «агрессив ва империалистик сиёсат» юритишда айблаб, Москва НАТОга қарши урушга тайёргарлик кўраётганини билдирди.

Kolumbiyada maktab avtobusi halokatga uchradi

Губернаторнинг сўзларига кўра, ўқувчилар якшанба куни кечқурун пляжда битирув маросимини нишонлаган.

Bekobodda IIB xodimi mashinada odam o‘ldirib qo‘yib, Sirdaryoga oqizib yuborgani aytilmoqda

Бекобод туманида ИИБ Жиноят қидируви бўлими ходими Nexia-3 автомашинасида 43 ёшли пиёдани уриб юбориб, унинг ўлимига сабаб бўлган.

Tramp Vashingtonda g‘alaba arkasi qurilishini e’lon qildi — CNN

АҚШ президентининг айтишича, арка Париждагига ўхшаш кўринишда, лекин ўлчамлари “бошқа аркаларни соясида қолдирадиган” даражада улкан бўлади.

Marokashdagi kuchli suv toshqinlari 37 kishining hayotiga zomin bo‘ldi

14-декабр куни Марокашнинг Сафӣ шаҳрида кучли ёмғирлар оқибатида сув тошқинлари юз берди.

Avstraliya hukumatlari qurol to‘g‘risidagi qonunlarni kuchaytirishni rejalashtirmoqda

Австралия бош вазири Энтони Албанезе Сиднейдаги Бонди-бич соҳилида содир этилган, 15 нафар инсон ҳалок бўлган ҳужумдан сўнг мамлакатда қурол тўғрисидаги қонунларни кучайтириш таклифи билан чиқди.

Los-Anjelesda Rob Rayner uyida ikki kishi o‘lik holda topildi

Лос-Анжелесда голливудлик актёр ва режиссёр Роб Райнерга тегишли уйда бир эркак ва бир аёл ўлик ҳолда топилди, деб хабар бермоқда маҳаллий оммавий ахборот воситалари.