2024 yil 9 fevral kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining tarkibiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqildi.
Majlisda Markaziy saylov komissiyasining bir qator a’zolari:
— Marinika Babanazarova;
— Feruzaxon Ahmedova;
— Suyarjon Qurbonqulov;
— Shuhrat Sirojiddinov;
— Iroda Kenjayeva;
— Alisher Isoqboyev;
— Orzigul Qozixonova;
— Sherzodxon Qudratxo‘ja;
— Gulnoza Ismoilova;
— Alisher Usmonqulov;
— Orifjon Bozorov;
— Shuhrat Jo‘rayev;
— Muyassar Qodirova;
— Ergash Yusupovlarning vakolatlarini tugatish bo‘yicha qarorlar qabul qilindi.
Shuningdek:
— Muxtabar Husanova (Qonunchilik palatasi deputati);
— Xalmuxammed Paluaniyazov (MSK Kotibiyati Saylov qonunchiligi va zamonaviy texnologiyalar bo‘yicha o‘quv markazi direktori)ni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi a’zosi etib saylash to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan qarorlar Senatga yuborildi.
Saylov va referendum o‘tkazish tartibini yanada takomillashtirishga qaratilgan qonun hamda Saylov kodeksiga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarga ko‘ra, Markaziy saylov komissiyasi Oliy Majlis palatalari tomonidan to‘qqiz nafar a’zodan iborat tarkibda tuzilishi belgilangan. Shuningdek, ularning doimiy asosda faoliyat yuritishi, Markaziy saylov komissiyasining bir nafar a’zosi Qoraqalpog‘iston Respublikasining vakili bo‘lishi ko‘zda tutilgan.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
"Ливерпуль" форварди Муҳаммад Салоҳ АПЛнинг 16-туридан ўрин олган "Брайтон"га қарши ўйинда бир клуб сафида энг кўп голларда иштирок этиш бўйича Англия Премьер-лигаси рекордини ўрнатди.
Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро бугунги Ўзбекистон U-17 - Италия U-17 ўйини олдидан ўз Instagram саҳифасига пост жойлади.
АҚШ президенти Доналд Трамп Қўшма Штатлар армияси наркотик савдосига қарши ҳарбий кампанияни кенгайтиришини ва Лотин Америкасида қуруқликдаги нишонларга зарбалар бера бошлашини маълум қилди.
Суданнинг бир нечта шаҳарларида минглаб одамлар армияни қўллаб кўчаларга чиқди. Бу намойишлар, давлат органлари чақирувига биноан, мамлакатдаги ҳарбий ҳаракатларни қўллаб-қувватлаш мақсадида ташкил этилди.
Таиланд ҳукумати Камбоджа билан чегарадаги ҳудудларда комендантлик соатини жорий этди. Бу қарор чегарадаги тўқнашувлар кенгайиб, баҳсли ҳудудларнинг соҳилбўйи районларига ҳам тарқалаётгани билан изоҳланди, деб хабар бермоқда Reuters.
Defense One нашри АҚШ миллий хавфсизлик стратегиясининг ҳали эълон қилинмаган версиясига таяниб хабар беришича, Вашингтон Австрия, Венгрия, Италия ва Польша каби давлатлар билан “фаолроқ ҳамкорлик қилиш” орқали уларни Европа Иттифоқидан ажратишга интилаётгани қайд этилган.
«Қозоғистон темир йўллари» компаниясининг маълум қилишича, заҳарланиш содир бўлган поезд хусусий ташувчига тегишли ва у суратга олиш жараёни учун киностудияга берилган.