Markaziy bank 250 mlrd so‘mlik obligasiyalarini joylashtirish bo‘yicha auksion savdolarini o‘tkazdi

Markaziy bank 250 mlrd so‘mlik obligasiyalarini joylashtirish bo‘yicha auksion savdolarini o‘tkazdi

14 yanvar, seshanba kuni Markaziy bank tomonidan O‘zbekiston respublika valyuta birjasida muomala davri 6 oy bo‘lgan 1 million so‘m nominal qiymatga ega, umumiy hajmi 250 milliard so‘mlik 250 ming dona obligasiyani joylashtirish bo‘yicha auksion savdolari o‘tkazildi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati ma’lum qildi.

Auksionda 13 ta tijorat banki ishtirok etgan bo‘lib, ular tomonidan 613,3 milliard so‘m hajmidagi 603 900 dona obligasiyani sotib olish uchun raqobatli buyurtmanomalar taklif etildi.

Auksion davomida 250 000 dona qimmatli qog‘oz 257,0 milliard so‘m qiymatida joylashtirildi (chiqarilish umumiy hajmining 100 foizi).

Auksionda joylashtirilgan obligasiyalarning so‘ndiriladigan umumiy hajmi 250,0 milliard so‘mni tashkil etadi.

Auksion natijalariga ko‘ra, qimmatli qog‘ozlarning o‘rtacha tortilgan daromadliligi yillik 10,01 foizni, minimal daromadlilik darajasi 7,56 foizni va chegirish narx bo‘yicha maksimal daromadlilik darajasi 12,02 foizni tashkil etdi.

Manba: daryo. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!