Mark Sukerbergning telefon raqami oshkor bo‘ldi

Mark Sukerbergning telefon raqami oshkor bo‘ldi

Kecha ijtimoiy tarmoqning 533 million foydalanuvchisi qatorida kutilmaganda Facebook asoschisi Facebook raqami ham ommaga oshkor bo‘ldi, deb yozadi New York Post.

Kompaniya rahbarining shaxsiy ma’lumotlari Twitter foydalanuvchilaridan biri tomonidan ommaviy ravishda topilgan.

Jurnalistlarning ta’kidlashicha, Facebook vakillari so‘nggi paytlarda foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlari tarqalishi haqida hech qanday izoh bermaganlar. Hatto Sukerberg bilan bog‘liq vaziyatga to‘xtalib o‘tishmagan.

Bundan sal avval yuzdan ortiq mamlakatlardan 533 milliondan ortiq Facebook foydalanuvchilari shaxsiy ma’lumotlari xakerlar forumida e’lon qilinganligi haqida xabar berilgan edi. Ma’lumotlar orasida elektron pochta manzillari, telefon raqamlari va yashash manzillari ham bo‘lgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!