Marhum futbolchining sevgan qizi o‘zini ommaga namoyish etdi

Marhum futbolchining sevgan qizi o‘zini ommaga namoyish etdi

Braziliyalik voleybolchi qiz Luisa Ungerer bir yarim yil davomida Argentina futbolchisi Emiliano Sala bilan samolyot halokati sabab sodir bo‘lgan o‘limiga qadar ishqiy munosabatda bo‘lganini aytdi.

 

Globo ga bergan intervyusida qiz 2017 yilda Sala bilan sport mashg‘ulotlari paytida Fransiyada uchrashganligini ta’kidladi. Ma’lum bo‘lishicha, juftlik oxirgi marta 14 yanvar kuni qizning tug‘ilgan kunida ko‘rishishgan.

 

Samolyot halokatga uchrashidan oldin Sala sevgan qiziga Kardiffga navbatdagi klub bilan shartnoma tuzish uchun uchib ketayotganligini aytgan.

 

Qayd etilishicha, qiz futbolchining tirik holda topilishiga umid qilgan va so‘nggi daqiqaga qadar uni kutgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!