Marg‘ilon shahrida o‘qishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan firibgar ushlandi

Marg‘ilon shahrida o‘qishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan firibgar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Marg‘ilon shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro M.A. boshqa bir fuqaro M.ni Farg‘ona davlat universitetining “Tasviriy san’at” fakultetiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 1 000 AQSh dollarini qo‘lga kiritganligi aniqlanib, tekshiruv davomida o‘z aybiga iqror bo‘lib qaytargan 1 000 AQSh dollari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!