Manfaatlar to‘qnashuvi alohida Qonun bilan tartibga solinmoqda

Manfaatlar to‘qnashuvi alohida Qonun bilan tartibga solinmoqda

Adliya vazirligi tomonidan manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish to‘g‘risida qonun loyihalari ishlab chiqildi va jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.

Qonun loyihalarida quyidagilar nazarda tutilmoqda:

▫️ davlat tashkiloti xodimi yoki uning yaqin qarindoshi aksiyadori, muassisi (ishtirokchisi), boshqaruv organi a’zosi hisoblanadigan yuridik shaxs ushbu xodimlarga aloqador shaxs hisoblanadi;

▫️ davlat tashkiloti xodimi tomonidan manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ma’lum qilish quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
🔸manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni deklarasiya qilish;
🔸mavjud manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida xabar berish.

Davlat tashkiloti xodimining yaqin qarindoshlari va unga aloqador bo‘lgan shaxslar mazkur xodimning mehnat qilayotgan tashkiloti bilan huquqiy munosabatga kirishayotganida manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida yozma yoki elektron shaklda xabar berishi lozim.

➡️ Shuningdek, manfaatlar to‘qnashuviga oid talablarni buzganlikning huquqiy oqibatlari belgilanmoqda.

Xususan:

➖ davlat tashkilotlari xodimlarining har bir holatda manfaatlar to‘qnashuvi haqida xabar bermaganligi BHMning 3 baravardan 5 baravarigacha (takroran bo‘lsa – BHMning 5 baravardan 10 baravarigacha);

➖mansabdor shaxslarining ushbu vaziyatlarni tartibga solmaganligi BHMning 5 baravardan 10 baravarigacha (takroran bo‘lsa – BHMning 10 baravardan 15 baravarigacha) jarima solishga sabab bo‘lishi mumkin.

Mazkur qonun loyihalari qabul qilinsa, davlat tashkilotida davlat xizmatchilari tomonidan korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir qilinishi oldi olinishi hamda xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash sohasidagi 3 ta indeksda O‘zbekiston pozisiyasiga ijobiy ta’sir etishi kutilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!