"Manchester Siti" durang o‘ynadi (video)
Angliya chempionatining 19-turida "Sanderlend" o‘z maydonida "Manchester Siti" bilan durang o‘ynadi - 0:0.
Mezbonlar raqib darvozasiga 10 ta, mehmonlar 14 ta zarba yo‘lladi.
Hamyurtimiz Abduqodir Husanov ushbu bahsda zaxirada qoldirildi.
"Sanderlend" ketma-ket to‘rtta o‘yindan beri mag‘lubiyatga uchramayapti (bitta g‘alaba va uchta durang). U APL turnir jadvalida 19 o‘yindan keyin 29 ochko bilan yettinchi o‘rinda bormoqda. "Manchester Siti" barcha turnirlar doirasidagi ketma-ket sakkizta g‘alabadan iborat seriyasiga barham berdi va ikkinchi o‘rinda bormoqda (19 o‘yindan keyin 41 ochko).
20-turda "Sanderlend" 4 yanvar kuni "Tottenxem" mehmoni bo‘ladi. "Manchester Siti" shu kuni "Chelsi"ni qabul qiladi.
Sanderlend - Manchester Siti - 0:0
Sanderlend: Rufs, Alderete, Mukyele, Kirkin, Xyum, Gertreyda, Djaka, Le Fe, Adingra (Mandl, 72), Mayenda, Brobbi (Izidor, 58)
Manchester Siti: Donnarumma, Ruben Diash, Ake, O`Rayli (Gvardiol, 57), Mateus Nunes, Gonsales (Rodri, 46), Foden, Bernardu Silva (Reynders, 86), Sherki, Savio (Doku, 52), Xolann
Ogohlantirishlar: Adingra, 45 - Ake, 77
