Manba: Xitoy koronavirusni to‘xtata oladigan dori ishlab chiqarmoqda

Manba: Xitoy koronavirusni to‘xtata oladigan dori ishlab chiqarmoqda

Xitoy laboratoriyasi olimlari antitanachalarga asoslangan yangi koronavirusga qarshi dorini ishlab chiqmoqdalar. Ularning fikriga ko‘ra, dori koronavirus infeksiyasining pandemiyasini to‘xtata oladi. Bu haqda "qalampir.uz" yozmoqda.

Tadqiqotchilar, ishlab chiqilayotgan dori nafaqat tiklanish vaqtini qisqartirishi, balki qisqa muddatli immunitet bilan ta’minlashi mumkinligini taxmin qilishmoqda.

Pekin universiteti Genomikaning ilg‘or innovasiyalar markazi direktori Sanni Sening so‘zlariga ko‘ra, uning jamoasi 60 nafar davolangan bemorlarning qonidan ajratilgan neytrallashtiruvchi antitanachalardan foydalanadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, hozir ushbu preparat hayvonlarda sinovdan muvaffaqiyatli o‘tmoqda.

“Biz zararlangan sichqonlarga neytrallashuvchi antitanachalarni qo‘llaganimizda, besh kundan keyin organizmdagi virus 2,5 ming marta kamaydi”, deydi Sanni Se.

Olimning ta’kidlashicha, preparatning klinik sinovlari Avstraliya va boshqa mamlakatlarda o‘tkaziladi. U joriy yilda foydalanishga tayyor bo‘lishi mumkin.

“Umid qilamizki, ushbu zararsizlantiruvchi antitanachalar pandemiyani to‘xtata oladigan dori bo‘ladi“, deydi Se.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!