«Rotor» klubi yordamchi murabbiyi Maksim Shaskix O‘zbekiston terma jamoasining muvaffaqiyatsiz natijalarini milliy chempionatning kuchsizligi bilan bog‘ladi.
«Keling, ochiq gapiramiz: O‘zbekistonda faqat bitta klub qolgan — «Paxtakor». Hozircha qolgan barcha jamoalarga qiyin va og‘ir. Bu birinchi navbatda O‘zbekiston terma jamoasi uchun katta zarar. Milliy chempionat raqobatsiz o‘tadi, keyinchalik futbolchilar qiyinroq bosqichdagi o‘yinga yo‘l oladi va unga moslashish juda qiyin kechadi. Chunki yil davomida qo‘pol qilib aytganda havaskor tizimda o‘ynaysan.
O‘z-o‘zidan terma jamoa asosini «Paxtakor» futbolchilari tashkil etadi. Ular terma jamoaga borgach, o‘sha saudiyaliklar va arablarga qarshi o‘ynashga qiynaladi. Ular jismoniy tayyorgarlik va boshqa jihatlarda yaqqol ortda qoladi. Bularning barchasi milliy chempionat bilan bog‘liq, agar chempionat kuchli bo‘lganda terma jamoa ham ancha yaxshiroq ko‘rinish olardi.
Hozir bolaligidan Yevropa klublarida tarbiya topgan va O‘zbekistonga aloqasi bo‘lgan futbolchilarni qidirish, ularni qaytarish kerak. Ayni damdagi terma jamoa bilan biror natijaga erishish qiyin. Bilmadim, Vadim Abramov buni qanday uddalaydi, istalgan murabbiy uchun juda qiyin. Afsuski, avvalgi Odil Ahmedov yo‘q, u endi yosh emas. Ha, Shomurodov yaxshi harakat qilmoqda. Terma jamoada ta’minot yo‘q, yoshlar terma jamoalaridan ta’minot kutishning foydasi yo‘q», — deydi Shaskix.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
Ўз тарихида илк марта жаҳон чемпионатида иштирок этадиган Ўзбекистон миллий жамоасининг айни пайтдаги вақтинчалик бош мураббийи Тимур Кападзе истеъфога чиқарилиб, унинг ўрнига Пауло Бентуни бош мураббий этиб тайинланиши мумкинлиги ҳақидаги хабар Хитой матбуотида умид учқунларини уйғотди.
Бутун дунёда ҳомиладор аёлларнинг ярмидан кўпи оғриқ ва иситмани даволаш учун қабул қиладиган парацетамол (ацетаминофен) болаларда асаб тизими ривожланишининг бузилиши хавфи билан боғлиқ бўлиши мумкин.
БМТнинг Фаластинлик қочқинларга ёрдам кўрсатиш агентлиги (UNRWA) маълум қилишича, Исроилнинг Ғазога қарши 23 ойлик уруши 660 минг болани кетма-кет учинчи йил ҳам мактабдан маҳрум қилмоқда.
Венесуэла вице-президенти ва нефть вазири Делси Родригес АҚШга қарши кескин баёнот билан чиқиб, Вашингтонни мамлакат ички ишларига аралашмасликка ва Венесуэла ҳудудидан узоқроқ туришга чақирди.
Давлат хавфсизлик хизмати ва ички ишлар ходимлари ҳамкорлигида ўтказилган тезкор тадбирда мазкур ер майдонидан жами 247 туп каннабис ўсимлиги ва 27 кг 708 гр марихуана ашёвий далил сифатида олинди.
Янги тадқиқотга кўра, тропик ҳудудларда ўрмонларни кесиш натижасида ҳосил бўлган иссиқлик билан боғлиқ касалликлар сўнгги 20 йилда ярим миллиондан ортиқ инсоннинг ҳаётига зомин бўлган.