Makkajo‘xori "o‘g‘ri"si: "Hokim tushuntirishimga imkon bermadi"

Makkajo‘xori "o‘g‘ri"si: "Hokim tushuntirishimga imkon bermadi"

Qashqadaryo viloyati hokimiyati matbuot xizmati boshlig‘i Ahror Sodiqov dalada nevaralarining ko‘z o‘ngida dumbul tergan erkakning Mirishkor tumani hokimi tomonidan haqorat qilinishi bilan bog‘liq vaziyatga oydinlik kiritdi.

Uning «Gazeta.uz»ga xabar qilishicha, hodisa 29 sentyabr kuni «Guliston» mahallasi hududida sodir bo‘lgan. Tuman markazidan nevaralari bilan qaytayotgan Sayfulla Muhammadiyevning so‘zlariga qaraganda, nevaralari makkajo‘xori dalasidan makkajo‘xori terib, uyga olib borib, qaynatib berishini so‘ragan. U mashinasini to‘xtatib, dala egasini izlaydi.

«Nevaralar holi-jonimga qo‘yishmaganidan keyin „fermer qishloqdoshim bo‘lsa, ko‘rganda olganimni aytaman“ deb fikr qildim. Ungacha nevaralarim dalaga kirib, o‘n donacha makkajo‘xorini terib chiqishgandi. Shu payt tuman hokimi kelib qoldi. Bir tomondan hokimning „qattiq“ gaplari to‘g‘ri. Xato mendan o‘tdi. Ammo, asl bo‘lgan voqeani so‘zlab berishga imkoniyat bermadi. Turli xil kamsituvchi va obro‘sizlantiruvchi so‘zlar bilan siyladi», — deya Sayfulla Muhammadiyevning so‘zlarini keltirdi hokimiyat matbuot xizmati.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!