Makka shahrida bo‘lajak hojilar katta ehtirom ila kutib olindi

Makka shahrida bo‘lajak hojilar katta ehtirom ila kutib olindi

Bugun, 7 iyun kuni erta tongda Makkai mukarramaga yetib kelgan ziyoratchilarimizni “Haj – 2023” ishchi guruhi rahbari Sodiqjon Toshboyev, xizmat ko‘rsatuvchi maktabalar (muassasalar) vakillari va boshqa mas’ullar tomonidan tantanali ravishda katta ehtirom bilan kutib olindi.

Hamyurtlarimiz muhtasham “Roshidiya” mehmonxonasiga kirishlari bilanoq iliq qarshi olinib, zam-zam suvlari, xurmo, shirinliklar va hadyalar ulashilib ikrom qilindi.

Mana shunday iltifotlardan ko‘ngillari ko‘tarilgan fuqarolarimiz Alloh taologa cheksiz shukronalar aytib, “Inson qadri uchun” tamoyilini nafaqat mamlakatimizda, balki olis Makka shahrida ham chin dildan his etishdi.

Mehmonxonada joylari tayin bo‘lgan ziyoratchilarimiz bu yerda diyorimizdan ularga xizmat ko‘rsatish uchun birmuncha oldinroq yetib kelib, katta hozirliklar ko‘rib qo‘ygan ishchi guruh a’zolari ehtiromi va mohir oshpazlarimiz pishirgan lazzatli taomlaridan bahramand bo‘ldilar.

Endilikda Tamattu’ hajini niyat qilgan ziyoratchilarimiz umra amalining qolgan ruknlarini bajarishga hozirlik ko‘rmoqdalar.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!