Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi hayit kunlari ma’raka marosimlarini keyinga qoldirishga chaqirdi

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi hayit kunlari ma’raka marosimlarini keyinga qoldirishga chaqirdi

Vazirlik yurtdoshlarimizga murojaat bilan chiqib,  karantindagi cheklovlar vaqtincha ekani, xalqimiz salomatligini saqlash, koronavirus infeksiyasi tarqalishini oldini olishga qaratilganini unutmaslikka chaqirdi.

✅  Vafot etganlar uchun xonadonlarda o‘tkazish rejalashtirayotgan ma’raka marosimlarini keyinga qoldirish, buni o‘zimiz va unda qatnashmoqchi bo‘lgan yaqinlarimiz salomatligini asrash majburiyati, deb tushunishimiz lozimligi ta’qidlandi.

❎  Jamoatchilikdan xonadonlarda tashkil etilgan ma’raka marosimlariga qatnashmaslik bo‘yicha shaxsiy namuna ko‘rsatishlari, bunda mahallalardagi nuroniy otaxonu onaxonlarning, mahalla faollarining o‘rni katta ekani ta’kidlab o‘tildi.

⏯  Xonadonga yangi kelgan mehmonni ko‘rish va qo‘lidan bir piyola choy ichish udumini hozirgi vaziyatdan kelib chiqib, keyingi hayitlarga qoldirish to‘g‘ri ekani aytildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!