Magnit bo‘roni kuzatiladigan kunlarda yog‘li, achchiq va sho‘r taomlardan tiyilish tavsiya etiladi

Magnit bo‘roni kuzatiladigan kunlarda yog‘li, achchiq va sho‘r taomlardan tiyilish tavsiya etiladi

“O‘zgidromet” agentligi tomonidan bugun Toshkentda G3 darajali va 4 ballga teng magnit bo‘ronlari bo‘lishi prognoz qilingan edi. Ayni paytda kuzatilayotgan ushbu hodisa salomatligimizga salbiy ta’sir ko‘rsatmasligi uchun qanday yo‘l tutish lozim?

Sog‘liqni saqlash vazirligi bu borada quyidagi tavsiyalarni beradi:

❗️Magnit bo‘ronidan arterial gipertoniya xastaligiga chalingan bemorlar ko‘proq aziyat chekadi.

📌 Bu holat organizmda tashqi stresslarga chidamlilikni ta’minlaydigan melatonin moddasi ishlab chiqarilishining kamayishi bilan izohlanadi.

Qolaversa, magnit bo‘roni bronxial astma bilan og‘rigan odamlar salomatligida ham muammolarni keltirib chiqarishi kuzatilgan.

❗️Shunday ekan, bunday vaziyatda, avvalo, ovqatlanish rasioniga alohida e’tibor qaratish va ko‘proq suyuqlik ichish lozim.

✅ Ho‘l mevalar, qolaversa, mayiz va turshak kabi kaliyga boy mahsulotlar, tarkibida C vitamini ko‘p bo‘lgan ne’matlardan iste’mol qilish zarur.

‼️Magnit bo‘roni kuzatiladigan kunlarda spirtli ichimliklardan butunlay voz kechish hamda yog‘li, achchiq, sho‘r taomlar iste’mol qilmaslik tavsiya etiladi. Chunki tuz qon bosimi oshishiga sabab bo‘ladi.

✅ Tinchlantiruvchi xususiyatga ega choylardan ichish ham maqsadga muvofiq. O‘z navbatida, mutaxassislar ortiqcha zo‘riqtiruvchi ishlar va mashg‘ulotlar bilan vaqtincha shug‘ullanmaslikni maslahat berishadi.

✅ Surunkali kasalliklarga chalinganlar esa o‘zlari bilan shifokorlar tomonidan buyurilgan dori-darmonlarni olib yurishlari hamda qon bosimini tez-tez nazorat qilib turishlari lozim.

✅ Kun davomida bir necha marta dush qabul qilish ham katta foyda beradi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!