Magistraturada kontrakt qancha bo‘ldi?

Magistraturada kontrakt qancha bo‘ldi?

Kecha pandemiya sababli e’lon qilingan 10 foizlik chegirma magistratura talabalariga ham qo‘llanadimi, deb ko‘pchilik savol bermoqda.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining bayonotida mazkur chegirma «kunduzgi shaklda o‘qiydigan barcha talabalarga» qo‘llanishi aytilgan. Faqat bakalavr degan joyi yo‘q. Demakki, chegirma magistratura kontraktiga ham taalluqli.

Chegirmadan so‘ng, O‘zbekistondagi davlat OTMlarining magistraturasida stipendiyasiz eng arzon konrakt 6 mln 994 ming so‘mni tashkil qilmoqda.

Eng qimmat kontrakt esa 10 mln 51 ming so‘m etib belgilangan (JIDUni hisobga olmaganda).

P.S.: mazkur raqamlar rasmiy miqdor emas, shunchaki mening hisob-kitoblarim, deb yozadi bloger va huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyev.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!