Madaniy meros ob’ektlardan 156 tasi qabristonlarga aylantirilganligi, 5 tasiga esa zarar yetkazilganligi aniqlandi

Madaniy meros ob’ektlardan 156 tasi qabristonlarga aylantirilganligi, 5 tasiga esa zarar yetkazilganligi aniqlandi

Madaniy meros ob’ektlardan 156 tasi qabristonlarga aylantirilganligi, 5 tasiga esa zarar yetkazilganligi aniqlandi.

Bu haqida AOKAda Madaniy meros agentligi va Bosh prokuratura rahbariyati hamda mutasaddilari ishtirokida “O‘zbekistonning arxeologik merosi: tadqiqotlar samaradorligini oshirish, ularning muhofazasini mustahkamlash hamda targ‘ibot usullaridan keng foydalanish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar” mavzuda matbuot anjumanida ma’lumot berildi.

O‘zbekistonda hozirgi kunga qadar 8 ming 209 ta moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk ob’ektlari aniqlangan bo‘lib, shundan 4 ming 748 ta arxeologiya merosi ob’ekti hisoblanadi.

Joriy yil madaniy meros ob’ektlari hamda uning tutash hududlarda 160 ta noqonuniy holatlar aniqlangan hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilingan.

Shundan 25 tasi jinoiy ish, bunda 23 tasi arxeologiya yodgorliklari va uning hududida aniqlangan holatlar. 135 ta ma’muriy ishlar, bunda 34 ta holat arxeologiya yodgorliklari hududlarida qayt etilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!