M39 “Olmaota – Bishkek – Toshkent – Shahrisabz – Termiz” magistral avtomobil yo‘lini ta’mirlashga 153,9 mln dollar miqdoridagi qarz mablag‘i ajratiladi

M39 “Olmaota – Bishkek – Toshkent – Shahrisabz – Termiz” magistral avtomobil yo‘lini ta’mirlashga 153,9 mln dollar miqdoridagi qarz mablag‘i ajratiladi

Xalqaro ahamiyatdagi M39 “Olmaota – Bishkek – Toshkent – Shahrisabz – Termiz” magistral avtomobil yo‘lining 1255-1315 km qismini ta’mirlashga 153,9 mln dollar miqdoridagi qarz mablag‘i ajratiladi.

Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi axborot xizmati rahbari Nilufar Jumayeva ma’lum qildi.

Xalqaro ahamiyatdagi M39 “Olmaota – Bishkek Toshkent Shahrisabz Termiz” magistral avtomobil yo‘lining 1255-1315 km (60 km) qismi 25 ming aholi istiqomat qiluvchi Dexqonobod tumani markazi Qorashina shaharchasidan o‘tgan bo‘lib, yo‘l bo‘yida aholi uylari, maktablar, kolejlar va boshqa ijtimoiy ob’ektlar zich joylashgan.

Ushbu uchastkada yo‘l qoplamasining ta’mirlararo muddatlari o‘tib ketgan (30-32 yil avval ta’mirlangan), bugungi kunda yo‘l qoplamasi va to‘shamasining 30 foiz qismi to‘liq buzilgan, qolgan qismi to‘liq ta’mirtalab.

Yo‘lning ta’mirtalabligi va torligi undan foydalanuvchi haydovchilarda harakat chog‘ida noqulayliklar va xavf tug‘dirmoqda.

Yuqoridagi uchastkani to‘liq qayta qurish maqsadida Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi tomonidan Islom taraqqiyot banki va OPEK xalqaro taraqqiyot jamg‘armasi bilan birgalikda “M39 “Olmaota – Bishkek – Toshkent – Shahrisabz – Termiz” avtomobil yo‘lining 1255 – 1315 km (60 km) qismini rekonstruksiya qilish loyihasi” ishlab chiqildi.

Loyihani amalga oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi hamda Islom taraqqiyot banki va OPEK xalqaro taraqqiyot jamg‘armasi o‘rtasida jami 153,9 mln dollar miqdoridagi mablag‘larini ajratish to‘g‘risida qarz bitimlari imzolangan.

Islom Taraqqiyot Banki qarz mablag‘lari 5 yillik imtiyozli davr bilan 20 yilga ajratilmoqda.

OPEK jamg‘armasi qarz mablag‘lari 5 yillik imtiyozli davr bilan 20 yilga ajratilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!