Lukashenko Rossiyadagi safarbarlikni tanqid qildi

Lukashenko Rossiyadagi safarbarlikni tanqid qildi

Shuningdek, u “Maxsus harbiy operasiya”da ishtirok etayotganini tan oldi.

Belarus “maxsus harbiy operasiya”da ishtirok etmoqda, ammo umumiy harbiy safarbarlik bo‘lmaydi. Bu haqda mamlakat prezidenti Alerksandr Lukashenko ma’lum qildi.

Bugun Belarus prezidenti harbiy xavfsizlik masalasida yig‘ilish o‘tkazdi. Unda dunyo va mintaqadagi joriy xavfsizlik holatlari muhokama qilindi.

Lukashenko belaruslik harbiylar Ukrainadagi harbiy harakatlarda ishtirok etmayotganini, ammo qochqinlar qabul qilish va yaradorlarni davolash yo‘lga qo‘yilganini ta’kidladi.

“Ammo biz hech kimni o‘ldirmayapmiz. Biz hech qayerga harbiylarni jo‘natmadik. O‘z majburiyatlarimizni buzmadik”, – degan siyosatchi.

Ukrainada harbiy mojaro boshlanishi bilan Rossiya armiyasi Belarus hududidan foydalangan. Lukashenko ham mamlakatdan ukrain qurolli kuchlariga raketa zarbalari berilganini tan olgandi.

Shu bilan birga Minsk safarbarlik e’lon qilmasligi qayd etilgan.

“Rossiya safarbarlik e’lon qilgandan keyin u yerda kuzatilayotgan kamchiliklarni ko‘rdik. Bu RFning ichki masalasi, qanday safarbarlik o‘tkazish kerakligini ularga o‘rgatmaymiz. Ammo chaqiruv qog‘ozlari jo‘natilganda aksariyat odamlar Rossiyada emasligi ma’lum bo‘ldi. Kimdir vafot etgan, kimdir qochib ketgan, kimdir kasal. Bu biz uchun dars bo‘lishi kerak”, – deb qo‘shimcha qilgan Lukashenko.

Belarus rahbari, shuningdek, hosil yig‘im-terim kampaniyasi tugashi bilan harbiy komissarliklarga odamlarni chaqirishni va ularning bor-yo‘qligini aniqlashga topshiriq bergan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!