Lukashenko: Belarus O‘zbekistonni Markaziy Osiyodagi asosiy hamkor deb biladi

Lukashenko: Belarus O‘zbekistonni Markaziy Osiyodagi asosiy hamkor deb biladi

Belarus rahbari Aleksandr Lukashenko Belarus O‘zbekistonni Markaziy Osiyodagi asosiy hamkori deb bilishini aytdi.

Qayd etilishicha, u bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan telefon orqali muloqoti chog‘ida ma’lum qilgan.

“Belarus O‘zbekistonga Markaziy Osiyo mintaqasidagi asosiy hamkor sifatida qaraydi va YEOIIda uni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan hamkorlikda mamlakat iqtisodiyotining to‘liq ishtirokini ta’minlashga tayyor”, — deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.

Ta’kidlanishicha, gap O‘zbekistonning Belarusning Shanxay hamkorlik tashkilotiga (SHHT) a’zo bo‘lish haqidagi arizasini qo‘llab-quvvatlashi haqida ham bordi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Mirziyoyev O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan SHHT sammitiga tayyorgarlik masalalarini muhokama qilgani xabar qilingandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!