Los-Anjeles xalqaro aeroportida yo‘lovchi harakatlanayotgan samolyotdan sakradi

Los-Anjeles xalqaro aeroportida yo‘lovchi harakatlanayotgan samolyotdan sakradi

CBS Los Angeles telekanali xabar qilishicha, Los-Anjeles xalqaro aeroportida yo‘lovchi harakatda bo‘lgan samolyotdan sakradi.33 yoshli Meksika fuqarosi trassa bo‘ylab yurib ketayotgan havo kemasidan sakraganida ko‘plab jarohat olgan va shifoxonaga yuborilgan.

Aniqlanishicha, erkak oldin uchuvchilar xonasiga kirishga uringan. Keyin esa avariya trapidan foydalangan. Bu vaqtda boshqa yo‘lovchilar uni to‘xtatishga urinishgan.

Fuqaro aviasiyasi boshqarmasi voqea bo‘yicha surishtiruvni boshladi. Endi aviatransportda xavfsizlik qoidalarini buzgan odamga 20 yilgacha qamoq jazosi berilishi mumkin. U ekipaj ishiga xalaqit berganlikda ayblanmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!