Londonlik qiz 21 daqiqa davomida yuragi to‘xtagan otasini o‘limdan saqlab qoldi

Londonlik qiz  21 daqiqa davomida yuragi to‘xtagan otasini o‘limdan saqlab qoldi

Londonda 22 yoshli ayol 21 daqiqa yuragi to‘xtab qolgan va deyarli o‘lik bo‘lgan otasi, tadbirkor Nikolas De Santisning hayotini saqlab qoldi. Bu haqda "Metro" nashri xabar bermoqda.

2019 yil dekabr oyida tadbirkor ko‘krak qafasidagi yengil noqulaylikdan aziyat chekishni boshladi, ammo og‘riqni sovuqdandeb bilib, og‘riqqa ahamiyat bermadi. 2020 yil 2 aprel kuni kechqurun uning qizi Alaya Amerikaga ketishdan oldin otasini ko‘rishga qaror qildi va uning uyiga keldi. U kelganidan ko‘p o‘tmay, erkak hushidan ketgan va yiqilib tushgan.

Qiz darhol qutqaruv xizmatiga qo‘ng‘iroq qildi va mutaxassisning tavsiyalariga amal qildi. U otasiga sun’iy nafas berib, tez yordam kelishini kutdi.

Santis bir oy davomida sun’iy koma holatida yotdi va reanimasiya bo‘limiga yotqizilgan.

Sog‘aygach, erkak tez yordam xizmatiga tashrif buyurib, xodimlarga minnatdorchilik bildirdi.

«Men bu dunyoni 21 daqiqaga tark etdim. Tirik ekanligim va hayotni avvalgidan ham ajoyibroq his qilishimdan naqadar baxtli ekanimni tushunaman. Men qizimdan va u yerda bo‘lgan hamda yordam berganlarning barchasidan minnatdorman”, - deb sharhladi Santis.

Milliy sog‘liqni saqlash xizmati hisobotiga ko‘ra Santis Buyuk Britaniyada kasalxonadan tashqarida yurak xurujidan omon qolgan bemorlarning 8,6 foizidan biri ekanligi aniqlandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!