Lolada koronavirus aniqlandi

 Lolada koronavirus aniqlandi

Xonanda va aktrisa Lola Yo‘ldosheva koronavirusga chalinganini ma’lum qildi.

U 2021 yil 1 dekabr kuni «Sputnik» vaksinasi bilan emlangan edi. Shuningdek, vaksina olgan kuni umrida biror marta ham koronavirusga chalinmaganini, lekin baribir vaksina olishi kerakligini aytib o‘tgan. Ammo, 14 yanvar kuni mazkur virus bilan kasallanganini ma’lum qildi.

Xonandaning so‘zlariga ko‘ra, tomog‘i juda kuchli og‘riyapti. Shuningdek, nafas olishga ham qiynalayotganini ta’kidlagan.

«Salom, Yangi yil. Menda koronavirus. Tomog‘im juda kuchli og‘riyapti, hatto nafas olishga qiynalyapman», — deydi Lola Yo‘ldosheva.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!