Lionel Messi — 47 soniyadan keyingi baxtsizlik (foto)

Lionel Messi — 47 soniyadan keyingi baxtsizlik (foto)

E’tiboringizga “Barselona” va Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi haqidagi siz bilmagan faktlarni havola etamiz.

“Leo” nomidagi gazeta

2014 yilda Argentinaning “OLE” deb nomlangan asosiy sport gazetasi Messi jarohat olganidan keyingi ikki oy davolanish muolajalaridan so‘ng g‘olibona tarzda safga qaytgani va birinchi uchrashuvidayoq “Xetafe” darvozasiga kiritgan ikki nafar gollari sharafiga bir kunga “LEO” deb nomlangan. Gazetaning birinchi satrlarida "Uning qaytishi yashin misoli, u o‘zining eng zo‘r o‘yinlaridagidek hujumlarni oxiriga yetkazib, to‘rt daqiqaning ichida ikkita gol urdi. Martino: “Uning qaytishi go‘yo kinodan olinganday! dedi va u mutlaqo haq edi... Jahon chempionati yo‘lida argentinaliklar tinch uxlashi mumkin", deb yozilgan. Ammo 2014 yilgi jahon chempionati finalida Argentina finalda qoqildi.

47 soniyadan keyingi baxtsizlik

Messi milliy terma jamoa uchun o‘ynagan ilk uchrashuvida birinchi va o‘z faoliyatidagi haligacha yagona bo‘lib kelayotgan qizil kartochkaga duch kelgan. Lionel 2005 yil 17 avgust kuni Vengriya milliy terma jamoasiga qarshi kechgan o‘yinda zaxiradan maydonga tushgan va 47 soniya ichida qizil kartochka olgan. O‘shandan buyon u bir necha marotaba o‘z faoliyatini to‘xtatib, qayta boshlagan. Messining muxlislari esa u Rossiyada jahon chempioni bo‘lishiga ishonishmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!