"Kurdiston ishchilar partiyasi" rahbari tashkilot a’zolarini qurollarini tashlashga chaqirdi

1999 yildan buyon qamoqxonada bo‘lgan Abdulla O‘jalan o‘z tashkiloti a’zolarini Turkiyadagi qurolli harakatlarni to‘xtatishga chaqirmoqda.
"Men "Kurdiston ishchilar partiyasi" o‘z-o‘zini tarqatib yuborishi lozim deb hisoblayman, shuningdek, partiya a’zolarini qurollarini tashlashga chaqiraman", — deya ta’kidladi O‘jalan o‘z murojaatida.
Avvalroq u Istanbul yaqinidagi Imrali qamoqxona orolida kurdparast Demokratik mehnat partiyasi delegasiyasi bilan uchrashgan edi.
Marksizm-leninizm yo‘nalishidagi KIP 1978 yilda Turkiyaning janubi-sharqida Abdulla O‘jalan tomonidan tashkil etilgan. Partiya Turkiya va uning G‘arbdagi ittifoqchilari, shu jumladan Germaniya tomonidan "terrorchi tashkilot" sifatida tan olinadi.
1984 yilda qurolli qarshilik boshlanganidan buyon har ikkala tomondan 40 000 dan ortiq kishi halok bo‘lgan. To‘qnashuvlar asosan kurd qishloqlarida yuz bergan, ammo Istanbul va Anqarada ham hujumlar sodir etilgan.