Ko‘ngli bo‘shlar ko‘rmasin! 3 ta qo‘li va 4 ta oyog‘i bor chaqaloq tug‘ildi (FOTO)

Ko‘ngli bo‘shlar ko‘rmasin! 3 ta qo‘li va 4 ta oyog‘i bor chaqaloq tug‘ildi (FOTO)

Hindistonning Radjastan shtatida to‘rt oyoqli va uch qo‘lli qizaloq dunyoga keldi. 24 yoshli Radju bir vaqtda ikkita egizakni, qiz va o‘g‘il bolani dunyoga keltirgan. Biroq ulardan birining, qizaloqning 4 ta oyog‘i va 3 ta qo‘li bor edi.

Homila yo‘ldosh ichida bir-biriga qo‘shilib ketgan

Birinchi egizak, o‘g‘il bola tug‘ilgunga qadar qolgan ikki homila yo‘ldosh ichida bir biriga qo‘shilib ketgan, deb izoh bildirgan shikorlardan biri Roxitesh Mina. Ma’lum bo‘lishicha, ayol homiladorlik vaqtida biron marta ham UTT tekshiruvidan o‘tmagan va tanasida uchta egizak homila rivojlanayotganligidan ham bexabar bo‘lgan.

Ortiqcha oyoq-qo‘llar olib tashlanadi...mi?

Qo‘shimcha oyoq-qo‘llar chaqaloqning ko‘krak va qorin qismida joylashgan. Ularni jarrohlik yo‘li bilan olib tashlash rejalashtirimoqda.

O‘g‘il bolaning ahvoli yaxshi, ammo qizaloqda nafas olish bilan bog‘liq muammo kuzatilgan. Unga sun’iy kislorod berilgach, ahvol yaxshilangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!