Kumanning iste’fosi «Barselona»ga qanchaga tushadi?

Kumanning iste’fosi «Barselona»ga qanchaga tushadi?

«Barselona» bosh murabbiy Ronald Kuman lavozimidan ketgan taqdirda unga qancha tovon puli to‘lashi kerakligi ma’lum bo‘ldi.

Diario Sport nashrining yozishicha, katalon klubi 58 yoshli mutaxassisga, taxminan, 13 million yevro to‘lashi kerak. Agar Kuman «Barselona»da shartnomasi yakuniga yetmasa, klub unga 5,8 million yevro to‘laydi. Ushbu summaga murabbiyning bir yillik maoshi ham qo‘shiladi — 7,2 million yevro.

Shuningdek, Kuman milliy terma jamoa bosh murabbiyligidan muddatidan oldin ketgani uchun klub Niderlandiya qirollik futbol ittifoqiga ham 5 million yevro kompensasiya to‘lashi kerak. Biroq ushbu summani mutaxassis o‘z mablag‘lari hisobidan to‘lagani aytilmoqda. Boshqa manbalarda esa bu summa hamon qoplanmagani yozilmoqda.

Avvalroq «Barselona» prezidenti Xoan Laporta Kumanni klub boshqa murabbiylar bilan muzokara olib borayotgani haqida ogohlantirgandi.

Niderlandiyalik mutaxassis 2020 yilning avgust oyida katalonlar boshqaruviga kelib, 2022 yilgacha shartnoma imzolagandi. «Barselona» uning qo‘l ostida 2020/21 yilgi mavsumda Chempionlar Ligasi va La Ligada muvaffaqiyatsizlikka uchradi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!