Kuman 2 o‘yinga diskvalifikasiya qilindi

Kuman 2 o‘yinga diskvalifikasiya qilindi

«Barselona» bosh murabbiyi Ronald Kuman La Liga 6-turidan o‘rin olgan «Kadis» (0:0) bilan o‘yindagi xatti-harakatlari uchun jazolandi.

Niderlandiyalik mutaxassis bellashuv so‘ngida hakamga e’tiroz bildirgani uchun qizil kartochka olgandi.

Marca'ning yozishicha, La Liga intizom qo‘mitasi Kumanni 2 o‘yinga diskvalifikasiya qildi. Shu tariqa murabbiy «Levante» va «Atletiko» bilan bahslarni o‘tkazib yuboradi.

Klubga va murabbiyga jarima solindi. Bundan tashqari, kataloniyaliklarning Frenki de Yong va Serxio Busketsning sariq kartochkalari bo‘yicha bergan apellyasisi rad etildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!