Kulgi bekati!.. (43-qism)

Kulgi bekati!.. (43-qism)

Kapitan serjantdan so‘radi:

— Nega harbiy xizmatga yangi kelganlarni ikki qator saflantirib, novchalarni oldinga, past bo‘ylilarni orqaga turg‘azib qo‘ydingiz?

— Kechiring, men armiyaga kelgunimcha bozorda meva-cheva sotish bilan shug‘ullangandim.

 

***      

 

— Oshna, muncha xo‘rozing dangasa bo‘lmasa?

— E, asti so‘rama! Ishonasanmi, ertalablari mahalladagi xo‘rozlar qichqira boshlasa, mening xo‘rozim ularga javoban bosh irg‘ab qo‘ya qoladi.

 

***

           

Teatr yechinish xonasi xodimi tomoshabindan so‘radi:

— Nega ketayapsiz? Spektakl yoqmadimi?

— Yo‘q, juda yaxshi ekan.

— Balki aktyorlar yoqmagandir?

— Ular ham ajoyib.

— Unda nega erta ketayapsiz?

— Qorong‘i zalda yolg‘iz o‘tirishga qo‘rqaman.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!