Kuala-Lumpur–Toshkent yo‘nalishida muntazam aviareyslar yo‘lga qo‘yiladi

Kuala-Lumpur–Toshkent yo‘nalishida muntazam aviareyslar yo‘lga qo‘yiladi

“Batik Air” Kuala-Lumpur va Toshkentni havo orqali bog‘lamoqda. Indoneziyaning “Batik Air” aviakompaniyasining birinchi parvozi 2023 yil 15 dekabrga rejalashtirilmoqda.

Kuala-Lumpur — Toshkent — Kuala-Lumpur yo‘nalishi bo‘yicha muntazam parvozlar Airbus A330 samolyotlarida haftada bir marta juma kunlari amalga oshiriladi. Aviakompaniya vakillari “Uzbekistan Airports” rahbariyati bilan uchrashuv davomida mintaqada yo‘nalishlar tarmog‘ini rivojlantirish va parvozlar sonini ko‘paytirish niyatini bildirdi.

O‘z navbatida, boshqaruv kompaniyasi aviatashuvchini qo‘llab-quvvatlashda davom etishga tayyorligini ma’lum qildi. “Batik Air” — bosh qarorgohi Jakartada joylashgan Indoneziya aviakompaniyasi bo‘lib, Indoneziya ichida muntazam yo‘lovchi reyslarini amalga oshiradi hamda “Lion Air” (loukoster) arzon aviakompaniyasining sho‘ba korxonasi hisoblanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!