“Krokus” qurbonlarining 6 nafari bola edi

“Krokus” qurbonlarining 6 nafari bola edi

22 mart kechqurun Moskva viloyatidagi “Krokus Siti Xoll”da sodir etilgan terror xuruji oqibatida olti nafar bola halok bo‘lgan. Bu haqda Rossiya Federasiyasi Prezidenti huzuridagi bolalar huquqi bo‘yicha vakil Mariya Lvova-Belova jurnalistlarga ma’lum qildi.

“AzerTAJ” xabarida so‘nggi ma’lumotga ko‘ra, 144 nafar inson halok bo‘lgani, 551 kishi jarohatlangani keltirilgan.

Mariya Lvova-Belova terakt payti jarohatlangan besh bola hamon kasalxonada ekani, ulardan ikki nafarining ahvoli og‘irligini ham ta’kidladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!