Kremlning yuqori lavozimli amaldorlari Putindan Prigojinning ambisiyalarini jilovlashni so‘rashgan — The Wall Street Journal

Kremlning yuqori lavozimli amaldorlari Putindan Prigojinning ambisiyalarini jilovlashni so‘rashgan — The Wall Street Journal

Moskva kuch doiralarida CHVK "Vagner" asoschisi hammani g‘azablantira boshladi. Ayniqsa o‘zini asirlikka topshirgan tashkilot askari keyinchalik bolg‘a bilan qatl qilingani aks etgan lavha ijtimoiy tarmoqlarda tarqalganidan so‘ng, deb yozadi nashr Kremlga yaqin anonim manbalarga tayanib.

"Tizim vakillari jazolashda faqat davlat monopoliyaga ega bo‘lishi kerak, deb hisoblamoqda", — deya ulardan birining so‘zlarini keltiradi WSJ.

Avvalroq Prigojin Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu va oliy harbiy qo‘mondonlikning boshqa vakillarini bir necha bor tanqid qilgan edi. CHVK "Vagner" sobiq yollanma askarining bolg‘a bilan qatl etilishi aks etgan video 2022 yil dekabr oyida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!